Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 17

2022-09-17 10:51:32 #Qabul2022 #Statistika
Abituriyentlarning 53 foizi beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatidan foydalangan holda talabalikka tavsiya etilgan

Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan biri ro‘yxatdan o‘tishda beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilganidir.

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Shundan 176 mingdan ziyodi umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, ularning:

83 006 nafari (47 %)birinchi ta’lim yo‘nalishiga
93 341 nafari (53 %)ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, agar abituriyentlar oldingidek faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganida ularning teng yarmidan ko‘pi talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lar edi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
86.4K views07:51
Ochish/sharhlash
2022-09-17 10:43:58 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqishning o‘ninchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 17-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalari 2022-yil 7-sentabrdan boshlab Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.

Bunda 7-17-sentabr kunlari apellatsiya arizalari ko‘rib chiqilishi belgilangan 5 980 nafar talabgordan 889 nafari (14,9 %) ishtirok etdi. Shundan

OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha — 744 nafar (4 980 nafar abituriyentdan);
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlari bo‘yicha — 145 nafar (1 000 nafar talabgordan).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
72.9K views07:43
Ochish/sharhlash
2022-09-16 11:53:47
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisidagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств–членов Шанхайской организации сотрудничества

Speech of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of Heads of the Member-States of the Shanghai Cooperation Organization

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
78.4K views08:53
Ochish/sharhlash
2022-09-16 09:35:15
Биргаликда суратга тушишдан сўнг ШҲТ Давлат раҳбарлари кенгашининг тор доирадаги учрашуви бошланди

Facebook|Instagram|Twitter
62.6K views06:35
Ochish/sharhlash
2022-09-16 09:35:15
Президент Шавкат Мирзиёев ШҲТ Давлат раҳбарлари кенгашининг тор доирадаги учрашуви иштирокчиларини кутиб олди. Етакчилар биргаликда суратга тушди.

Facebook|Instagram|Twitter
57.9K views06:35
Ochish/sharhlash
2022-09-15 10:23:24
#sammit #ShHT #hamkorlik
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashning eng muhim yo‘nalishlari belgilab olindi

15-sentabr kuni Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/5518

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
67.8K views07:23
Ochish/sharhlash
2022-09-15 10:22:51
#sammit #ShHT #hamkorlik
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy Qo‘shma bayonot imzoladilar. Unda asosiy kelishuvlar qayd etilgan hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi uzoq muddatli vazifalar belgilangan.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/5509

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
62.6K views07:22
Ochish/sharhlash
2022-09-14 14:28:29 Davlat test markazida mavjud vakant lavozimlarga ochiq tanlov

Davlat test markazi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

Vakant lavozimlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Hujjatlar 2022-yil 20-sentabr (ayrim vakant lavozimlarga 23-sentabr) gacha qabul qilinadi.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma;

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
76.3K views11:28
Ochish/sharhlash
2022-09-12 16:30:56
2022-yilning 2-yarmida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari

Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, ko‘plab talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr oyida ham o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, mazkur test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida ham tashkil etilib, har oyda 2 marotaba o‘tkaziladi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda (my.gov.uz/oz/service/559).

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Diqqat: To‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, test sanasi va joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
168.2K views13:30
Ochish/sharhlash
2022-09-12 16:01:29 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish davom etmoqda

2022-yil 7-sentabrdan boshlab test natijasi bo‘yicha apellatsiya bergan talabgorlarning arizalari Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.

Bunda har kuni 700 nafar (shanba kuni 400 nafar) talabgorning apellatsiya arizasini ko‘rib chiqish belgilangan:

OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha — 600 nafar;
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlari bo‘yicha — 100 nafar.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilayotgan bo‘lib, 7-12-sentabr kunlari arizasi ko‘rib chiqilishi belgilangan 3 200 nafar talabgordan 583 nafari (18 %) ishtirok etdi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
94.1K views13:01
Ochish/sharhlash