Get Mystery Box with random crypto!

@Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Telegram kanalining logotibi dtm_davlattestmarkazi_dtmuz — @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz D
Telegram kanalining logotibi dtm_davlattestmarkazi_dtmuz — @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✦Davlat Test Markazining "Norasmiy" sahifasiga xush kelibsiz !
⚡Abituriyentlar hayoti haqida tezkor xabarlar.
📣Xorijdagi ta'lim va ta'lim yangiliklari
👤Admin : @BillionaireTM
@ConsultingRobot
✅Reklama xizmati : @rek_info

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2021-08-19 14:05:10
Xalqaro fan olimpiada g‘oliblariga 122 mln so‘mgacha mukofot berildi

XTVga ko‘ra, xalqaro matematika, kimyo, biologiya, informatika, fizika olimpiadalarining 10 nafar g‘olibi va ularning o‘qituvchisi taqdirlandi.

1-o‘rinni olgan o‘quvchiga 500 BHM (122,5 mln so‘m), o‘qituvchiga 450 BHM (110,25 mln so‘m);

2-o‘rinni olgan o‘quvchiga 300 BHM (73,5 mln so‘m), o‘qituvchiga 250 BHM (61,25 mln so‘m);

3-o‘rinni olgan o‘quvchiga 200 BHM (49 mln so‘m), o‘qituvchiga 150 BHM (36,75 mln so‘m) berilgan.

P.s: Kanalimiz orqali fan olimpiada g‘oliblariga XTV tomonidan faqat maqtov yorlig‘i berilayotgani haqida aytib o‘tgan edik.
Mana, bo‘lar ekanku shunday o‘zgarish, kayfiyat bilan tabriklab ilmli yoshlarni ruhlantirsa.
Mayli, moshina bu safar bermabdi keyingi safar berib qolar.)


DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
16.5K viewsTalabalar kanali | Admin𓅂, 11:05
Ochish/sharhlash
2021-08-19 11:48:07 Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi va mazkur natijalar Davlat test markazining maxsus tizimlariga joylashtirildi.

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari va test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
15.2K viewsНазир, edited  08:48
Ochish/sharhlash
2021-08-19 11:09:30 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza topshirgan va arizasi qabul qilingan, lekin test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarga to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

Unga ko‘ra xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan talabgorlar 2021-yil 19-avgust kuni 18:00 ga qadar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ular uchun berilayotgan so‘nggi imkoniyatdir.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
13.2K viewsНазир, edited  08:09
Ochish/sharhlash
2021-08-19 10:30:20 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza topshirgan va arizasi qabul qilingan, lekin test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarga to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

Unga ko‘ra xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan talabgorlar 2021-yil 19-avgust kuni 18:00 ga qadar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ular uchun berilayotgan so‘nggi imkoniyatdir.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
16.8K viewsНазир, 07:30
Ochish/sharhlash
2021-08-18 17:30:12
DIPLOM = BAXT (mi?)

Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Videoni diplomli va diplom uchun harakat qilayotgan yaqinlarga ham ulashing)

MuhammadAli Eshonqulov

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
24.2K viewsНазир, 14:30
Ochish/sharhlash
2021-08-18 16:23:01
1-sentyabrdan stipendiyalar 1.1 barobarga oshiriladigan bo'ldi

Prezident farmoniga koʻra, 2021-yilning 1-sentyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 822 000 soʻm deb belgilandi.

Ma'lumot uchun: Talabalar kontrakti mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga bog'lab qo'yilgan. Bu deganiki stipendiya oshsa konkrakt narxiyam oshadi

2019-yildan boshlab semestrlarni yopa olganlarga(3-4-5 bahodan qat'iy nazar) stipendiya bir xil qilib belgilangandi

Amaldagi stipendiya miqdori 470 800 so'mni tashkil etadi

1-sentyabrdan 1.1 barobarga oshishini hisobga olsak talabalar yangi o'quv yilidan 517 880 so'm stipendiya oladilar

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
19.8K viewsНазир, 13:23
Ochish/sharhlash
2021-08-18 11:23:02 Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga kirish test sinovlari

Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari 2021-yil 20-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga ona tili va adabiyot (20 ta) hamda matematika (10 ta) fanlaridan jami 30 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 53 ball bo‘lib, ona tili va adabiyot fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 42 ball), matematika fani bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 11 ball) beriladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
18.5K viewsНазир, 08:23
Ochish/sharhlash
2021-08-18 09:45:01
SAVOL:
Men Toshkent tibbiyot akademik litseyiga hujjat topshirdim. Kirish imtihonlari qaysi fanlardan o'tkaziladi?

JAVOB:
Ma'lumki, akademik litseylarda 4 ta (aniq, tabiiy, ijtimoiy gumanitar va xorijiy tillar) ta'lim yo'nalishlari mavjud bo'lib, ular o'z navbatida kichik guruhlarga bo'lingan (rasmga qarang ).

Shundan kelib chiqib, TTA akademik litseyi "Tabiiy fanlar 1" yo'nalishiga topshirgan o'quvchilar biologiya, kimyo, "Tabiiy fanlar 2" yo'nalishiga topshirgan o'quvchilar esa kimyo, matematika fanlaridan test imtihonlarida ishtirok etadi.

Shu va boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha fanlar majmuasi ilovada berilgan.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
16.3K viewsНазир, 06:45
Ochish/sharhlash
2021-08-18 09:00:16 Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kirish test sinovlari 2021-yil 20-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2 ta mutaxassislik fani uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 207,5 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 155 ball), chet tili fani bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 52,5 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 18-avgust kuni 15:00 dan boshlab Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
14.1K viewsНазир, 06:00
Ochish/sharhlash
2021-08-18 06:00:09
Prezident so‘nggi 5 yilda oliy ta’lim sohasida erishilgan o‘sish tendensiyalari haqida:

— Keyingi besh yilda oliy taʼlimga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba boʻlish imkoniyati yaratildi. Bu – umumiy qamrov 28 foizga yetdi, deganidir. Oʻzingiz qiyoslab koʻring, 4 yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi. Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga koʻpaytirilgani, oʻtgan yilgi tajribamizni yangi bosqichga koʻtarib, ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga bu yil oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratilgani yoshlarimiz kelajagini taʼminlashga qaratilgan amaliy eʼtiborimiz namunasidir.

Biz 2030-yilga qadar maktab, litsey va kollej bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazishni reja qilganmiz va bunga albatta erishamiz.

Maqolani to‘liq o‘qish

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
17.3K viewsНазир, 03:00
Ochish/sharhlash