Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kiri | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kirish test sinovlari 2021-yil 20-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2 ta mutaxassislik fani uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 207,5 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 155 ball), chet tili fani bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 52,5 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 18-avgust kuni 15:00 dan boshlab Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi