Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro fan olimpiada g‘oliblariga 122 mln so‘mgacha mukofot b | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Xalqaro fan olimpiada g‘oliblariga 122 mln so‘mgacha mukofot berildi

XTVga ko‘ra, xalqaro matematika, kimyo, biologiya, informatika, fizika olimpiadalarining 10 nafar g‘olibi va ularning o‘qituvchisi taqdirlandi.

1-o‘rinni olgan o‘quvchiga 500 BHM (122,5 mln so‘m), o‘qituvchiga 450 BHM (110,25 mln so‘m);

2-o‘rinni olgan o‘quvchiga 300 BHM (73,5 mln so‘m), o‘qituvchiga 250 BHM (61,25 mln so‘m);

3-o‘rinni olgan o‘quvchiga 200 BHM (49 mln so‘m), o‘qituvchiga 150 BHM (36,75 mln so‘m) berilgan.

P.s: Kanalimiz orqali fan olimpiada g‘oliblariga XTV tomonidan faqat maqtov yorlig‘i berilayotgani haqida aytib o‘tgan edik.
Mana, bo‘lar ekanku shunday o‘zgarish, kayfiyat bilan tabriklab ilmli yoshlarni ruhlantirsa.
Mayli, moshina bu safar bermabdi keyingi safar berib qolar.)


DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi