Get Mystery Box with random crypto!

Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internat | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga kirish test sinovlari

Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari 2021-yil 20-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga ona tili va adabiyot (20 ta) hamda matematika (10 ta) fanlaridan jami 30 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 53 ball bo‘lib, ona tili va adabiyot fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 42 ball), matematika fani bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 11 ball) beriladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi