Get Mystery Box with random crypto!

@Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Telegram kanalining logotibi dtm_davlattestmarkazi_dtmuz — @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz D
Telegram kanalining logotibi dtm_davlattestmarkazi_dtmuz — @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✦Davlat Test Markazining "Norasmiy" sahifasiga xush kelibsiz !
⚡Abituriyentlar hayoti haqida tezkor xabarlar.
📣Xorijdagi ta'lim va ta'lim yangiliklari
👤Admin : @BillionaireTM
@ConsultingRobot
✅Reklama xizmati : @rek_info

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 24

2021-07-25 17:32:02
DIQQAT EʼLON

2021/2022 oʻquv yili uchun talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali roʻyxatdan oʻtkazilmoqda:

respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar – transfer.edu.uz;

xorijiy mamlakatlardagi hamda Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga koʻchirish boʻyicha arizalar – transfer.dtm.uz.

Ayrim talabalar xorijiy yoki nodavlat OTMdan oʻqishini koʻchirish boʻyicha (adashgan holda) transfer.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtishganligi aniqlanmoqda. Ushbu toifadagi arizalar qabul qilinmasligini eslatib oʻtamiz.

Shunga koʻra, oʻqishini xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga koʻchirish istagida boʻlgan talabalardan transfer.dtm.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtishi hamda arizasi holatini doimiy kuzatib borishini, zaruratga koʻra qayta roʻyxatdan oʻtishlarini soʻraymiz.

Unutmang, roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni 2021-yil 5-avgust (shu kuni ham).

@DTMAxboroti
20.3K viewsНазир, 14:32
Ochish/sharhlash
2021-07-25 17:02:55
#Qabul_2021

#Kutilmagan_Xabar

Koronavirus-taqsimlash markazlari yana qayta ochilyapti! ​​Test sinovlari Bu yil ham kechiktiriladimi

Endi Abituriyentlar nima qilishi kerak? Tezda xabardor siz ham boʻling
17.1K viewsTHE TRUTH , 14:02
Ochish/sharhlash
2021-07-25 10:15:03
Prezident maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Yurtimizda kuzatilayotgan issiq ob-havoni inobatga olgan holda, 26, 27, 28-iyul kunlari 18:00 da oʻtkazilishi belgilangan Prezident maktablari kirish imtihonlarining vaqti 19:00 ga koʻchirildi.

Mazkur oʻzgarish faqatgina 18:00 da oʻtkazilishi belgilangan imtihonlarga taalluqli.

Sizdan imtihon kuniga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishingiz talab etiladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
26.3K viewsНазир, edited  07:15
Ochish/sharhlash
2021-07-25 09:27:22
IMTIHON SANASI qachondan boshlanishi mumkinligi aytilmoqda!

Sizning Imtihon kuningiz qachondan boshlanishi mumkinligini bilish uchun " SANA 2021 " tugmasini bosing
25.8K viewsСоздай загадку! Бесплатный бот для проверки на подписку, edited  06:27
Ochish/sharhlash
2021-07-25 09:00:12
MRDIda ijodiy imtihonlar sanasi va oʻtkazilish vaqti aniq boʻldi

Milliy rassomlik va dizayn institutida joriy oʻquv yilida kasbiy (ijodiy) imtihonlar “Chizmatasvir” va “Kompozitsiya” fanlaridan oʻtkaziladi hamda amaliy ishni bajarish uchun har bir fanga 160 daqiqadan vaqt ajratiladi.

Quyida

• Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning oʻtkazilish sanalari (yoʻnalishlar kesimida) vaqti va tartibi

• Kasbiy (ijodiy) imtihon mavzulari (kompozitsiya va mutaxassislik fanlaridan)

• Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda abituriyentlarga berilishi mumkin boʻlgan vazifalardan namunalar

• Kasbiy (ijodiy) imtihon dasturlari va baholash mezonlari bilan tanishing.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 28-iyul sanasidan 5-avgust sanasiga qadar institutning bosh binosida yoʻnalishlar kesimida oʻtkaziladi. Bunda 7-avgust zaxira kuni hisoblanadi.

2021/2022 oʻquv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning oʻtkazilish vaqti va tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
24.6K viewsНазир, 06:00
Ochish/sharhlash
2021-07-25 08:00:10
Hech qanday imtihonlarsiz talaba boʻling

O'sh Davlat Universiteti
O'sh Texnika Universiteti
Qirg'iz-O'zbek Universiteti
Bishkek Davlat Tibbiyot Universiteti
Xalqaro Tibbiyot Akademiyasi
Zamonaviy Xalqaro Universitet
Garbiy Kampus Universiteti
Qirg'iz Davlat Texnika Universiteti
Yevrosiyo Texnologiyalar Universiteti
Xo'jand Davlat Universiteti
Tojikiston Biznes va Huquq Instituti


Batafsil: ARIEND_GROUP_UZ

Kontrakt:
300$ dan boshlanadi
(2 ga bo'lib to'lash imkoniyati)


Murojaat uchun:
+998555029292
+998900320292

Operator1 | Operator2 | Operator3

Operator4 | Operator5 | Operator6
12.6K viewsНазир, 05:00
Ochish/sharhlash
2021-07-24 20:36:09
"Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetiga qabul haliyam davom etmoqda

Hujjatlarni qabul qilish universitetning
https://admissions.univ-silkroad.uz/ sayti orqali amalga oshirilmoqda va quyidagi yo'nalishlarga hujjatlar qabul qilinmoqda.
(ta'lim tili - ingliz)

Bular: Amaliy tillar, Smart turizm, Turizmda media va kommunikatsiya, Menejment, Turizm, Gid

Abiturientlarga bir vaqtning o‘zida 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati yaratilgan.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
22.0K viewsНазир, 17:36
Ochish/sharhlash
2021-07-24 17:54:03
ESLATMA

Kasb-hunar maktablariga onlayn hujjat topshirish yakunlanishiga 1 kun qoldi


Maʼlumki, kasb-hunar maktablariga www.kasb.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn hujjat topshirishning soʻngi muddati 2021-yil 25-iyul (shu kuni ham) qilib belgilangan.

Qabul yakunlanguniga qadar elektron platforma orqali onlayn arizangiz holatini tekshirishingiz va oʻzgartirishlar kiritishingiz mumkin.

Elektron platforma orqali kelib tushgan 9-sinf bitiruvchilarining onlayn arizalari statusida “Kamchilikka ega” belgisi qabul yakunlanguniga qadar elektron platforma orqali onlayn arizangiz holatini tekshirishingiz mumkin.

Shu bois, www.kasb.edu.uz elektron platformasiga oʻz LOGIN (telefon raqami) va PAROLingiz (SMS kod) orqali kiring hamda arizangiz statusini “Qabul qilindi” belgisi chiqqanligiga ishonch hosil qiling.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
21.2K viewsНазир, 14:54
Ochish/sharhlash
2021-07-24 13:34:21
"Yangi O‘zbekiston" universitetining kontrakt summasi tasdiqlanmagani aytildi

Yaqinda universitetning rasmiy saytida kontrakt miqdori mahalliy talabalar uchun qariyb 50 mln so‘m, xorijliklar uchun $10 ming ekani e’lon qilinib, muhokamalardan so‘ng olib tashlangandi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova matbuot anjumanida hali saytda e’lon qilingan raqamlar tasdiqlanmaganini aytdi. "Hisob-kitobdan so‘ng balki o‘sha narxdan qimmatroq, balki arzonroq bo‘lishi mumkin", dedi u.

DTM Axboroti

https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
18.1K viewsНазир, 10:34
Ochish/sharhlash
2021-07-24 08:43:02
O‘zDJTSUda ijodiy imtihonlar sanasi aniq bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport hamda Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish muddatlari tasdiqlandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 25 iyuldan 7 avgust kuniga qadar hududlar kesimida hamda sport turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi
20.1K viewsНазир, 05:43
Ochish/sharhlash