Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.74K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 48

2023-03-28 12:03:29
#Qiziqarli
Illyuziyami yoki haqiqat?

Doiralar harakatini ko’ryapsizmi? Unda ko’zingiz sizni aldayapti, bu yerda strelka va ranglardan boshqa hechnima o’zgarayotgani yo’q.

Ongimiz tushunarsiz narsalarni, tuzatib ko’rsatoladi.

DigiTech
8.2K viewsedited  09:03
Ochish/sharhlash
2023-03-28 08:24:58
Stenford universiteti talabalari, har qanday ko’zoynakga mahkamlasa bo’ladigan RizzGPT monoklini yasashdi. U real vaqtda suhbatlarni tinglaydi va javoban nima deyish kerakligini yozib beradi. Javoblar GPT-4 tomonidan generatsiya qilinadi.

Imtihonlarda juda kerakli narsa ekan :)

DigiTech
9.1K viewsedited  05:24
Ochish/sharhlash
2023-03-27 17:19:34
Garri Potter uslubidagi smartfon

Redmi Note 12 Turbo smartfonini maxsus Garri Potter olamiga bag’ishlangan limitli versiyasi chiqadi. Jurnalistlar allaqachon mantiya, sehrli tayoqcha, fakultetlar sharfi va maxsus dizaynga ega smartfonli to’plamlarni olishgan.

Smartfonni o’zini esa ertangi taqdimotda ko’rsatishadi.

DigiTech
9.3K viewsedited  14:19
Ochish/sharhlash
2023-03-27 09:05:10
Google China sobiq rahbari ChatGPTga raqobatchi Project AI 2.0 loyihasi ishga tushirilishini e'lon qildi

Lee Kai-Fu sun'iy intellektlar va ularga dasturiy ta'minotlar yaratishga qaratilgan kompaniya ochmoqchi. WeChatdagi postida Lee Kai-Fu «Project AI 2.0» ChatGPTning faqat xitoycha analogi emasligini ta'kidladi. «AI 2.0» suhbatlashish va rasm generatsiyasidan ko'proq ishlarni qiloladigan bo'ladi. Lee Kai-Fu «AI 2.0» yaqin kelajakda, dunyodagi eng muhim texnologiyalardan biri bo'lishini kutmoqda.

Shuningdek u texnologiyasini o'zi moliyalashtirish va dunyodagi eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilishni reja qilgan.

DigiTech
4.6K views06:05
Ochish/sharhlash
2023-03-26 15:54:45
ChatGPT endi plaginlarni qo’llab - quvvatlaydi

Plaginlar chatbotga qo’shimcha vazifalarni bajarish imkonini beradi. ChatGPT uchun hozircha 11 ta plagin ishlab chiqilgan, jumladan Slack korporativ messenjeri uchun plagin, Instacart oziq - ovqat yetkazib berish xizmati, Shopify onlayn do’koni plagini va boshqalar.

Plaginlar yordamida misol uchun uyga oziq ovqat buyurtma bersa bo’ladi, aviachipta sotib olsa bo’ladi, brauzerdan aktual ma’lumotlarni ham olish mumkin va boshqalar. Bularni hammasi ChatGPT dan chiqmasdan qilinadi.

Hozircha plaginlar beta - test rejimida faqat cheklangan miqdordagi ChatGPT Plus foydalanuvchilari uchun mavjud.

DigiTech
4.2K views12:54
Ochish/sharhlash
2023-03-26 09:20:04
#TechNews
Apple kompaniyasi yirik filmlar ishlab chiqarishga yiliga 1 milliard dollar sarflamoqchi

Apple kinoteatrlarda filmlar chiqarishni rejalashtirmoqda va buning uchun yiliga 1 milliard dollar sarflashga tayyor. Kompaniya allaqachon hamkorlik taklifi bilan kinostudiyalarga murojaat qilgan va 2023 yil oxirigacha bir nechta filmlarni ekranga chiqarish niyatida.

Amazon ham bu poygada qolishmayapti. Kompaniya o'tgan yili Metro-Goldwyn-Mayer studiyasini 8,5 milliard dollarga sotib oldi va yiliga 12-15 ta film chiqarishni maqsad qilgan.

DigiTech
5.9K viewsedited  06:20
Ochish/sharhlash
2023-03-25 18:34:31
Microapp — 1 daqiqadan kam vaqt ichida saytni frontend elementlari uchun kod yozib beruvchi neyrotarmoq

Neyrotarmoq matnli tavsif bo'yicha kod yozib beradi. Ishlatish mutlaqo bepul. Hozircha faqat React bilan Tailwind CSSni qo'llab-quvvatlaydi.

Sinab ko’rish uchun havola.

DigiTech
7.3K viewsedited  15:34
Ochish/sharhlash
2023-03-25 16:10:27
Coca-Cola kompaniyasidan kreativ 3D banner

Bannerda “Marvarid sirg’ali qiz” ichimlikni “sehrli” uzatayotgani aks etgan. Kompaniya marketologlari bu safar ham yaxshi harakat qilishibdi.

DigiTech
7.4K viewsedited  13:10
Ochish/sharhlash
2023-03-25 15:35:56
Uzum Marketda chegirmalar vaqti!

UZUM Market
orqali YR8PUK78 promokodidan foydalanib birinchi xaridingizga 35 000 so'mlik chegirmani qo’lga kiriting.

Ramazon oyida Uzum Marketda juda ko’plab tovarlarga katta chegirmalar e’lon qilingan.

Promokoddan foydalanish uchun xaridingiz umumiy summasi 150 000 so'mdan oshsa bo'ldi, ya'ni 1 dona tovar 150 000 so'mdan qimmat bo'lishi shart emas.

Ilovani hoziroq yuklab oling va bonuslarni qo'lga kiriting!
7.2K views12:35
Ochish/sharhlash
2023-03-25 09:05:10
Italiyalik dizayner Pierpaolo Lazzarini uchar transport AirCar konsepsiyasini ko'rsatdi

AirCar 1 uchuvchi va 3 yo'lovchiga mo'ljallangan. Uzunligi 6 metrni tashkil etadi va uglerod tolali monokok korpusi tufayli juda yengil. Rolls Royce reaktiv dvigatellari esa unga havoda bemalol uchish imkonini beradi.

AirCar 750 km/soat tezlikkacha chiqoladi va reaktiv yoqilg‘ili to'liq bak bilan 1200 km masofani bosib o‘toladi. Shuningdek, u nafaqat havoda, balki oddiy yo'llarda ham harakatlanishi mumkin.

Hozircha bu faqat konsepsiya bo'lsada, lekin juda ham zo'r ko'rinyapti. Nima deb o'ylaysiz?

DigiTech
8.1K viewsedited  06:05
Ochish/sharhlash