Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.74K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 49

2023-03-24 12:59:13
Soddaroq logotiplar yaratib beruvchi neyrotarmoqli sayt

Ishlatish oson, kompaniya nomini kiritasiz, faoliyat turini, ma'qul logotip modelini va kerakli ranglarni tanlaysiz. Neyrotarmoq mukammal logotip yaratolmasada, ammo soddaqroq logotiplar uchun ayni muddao.

Sinab ko’rish uchun havola.

DigiTech
5.3K viewsedited  09:59
Ochish/sharhlash
2023-03-24 07:47:47
Adobe kompaniyasi Firefly nomli rasm generatsiya qiluvchi neyrotarmoqni taqdim etdi

Raqobatchilardan asosiy ikkita farqi mavjud: neyrotarmoqni o’rgatish vaqtida mualliflik huquqi bilan himoyalanmagan kontentdan foydalanilgan va ishlatishga qulay bo’lgan interfeys.

Birinchi veb versiyada ishlaydi, keyinroq Adobe o’zining Photoshop, After Effect va Premier Pro dasturlariga ham integratsiya qilmoqchi.

Kutish (waitlist) ro’yxatiga ushbu havola orqali ariza tashlashingiz mumkin.

DigiTech
3.2K viewsedited  04:47
Ochish/sharhlash
2023-03-23 12:05:19
Opera brauzerida ham sun’iy intellekt funksiyasi paydo bo’ldi

AI Prompts funksiyasi veb sahifalardagi matnlar bilan ishlashda yordam beradi, u belgilangan matnni qisqartirib ma’nosini chiqarib berishi, shunga o’xshash kontent izlashi yoki yozib berishi va hattoki hazil qilishi ham mumkin.

DigiTech
3.1K views09:05
Ochish/sharhlash
2023-03-23 09:02:27
Engelbartning birinchi kompyuter sichqonchalaridan biri kimoshdi savdosida deyarli 179 000 dollarga sotildi

Ushbu sichqonchani Duglas Engelbart o’tgan asrning 60 - yillarida yaratgan. Sichqoncha kodlovchi moslama bilan birgalikda ishlagan va qurilmada beshta knopka bo’lgan.

DigiTech
5.0K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-03-22 18:26:13
Rasmni studiya darajasida tahrirlab beruvchi neyrotarmoq

Ishlatish oson, rasmni yuklaysiz va o'zingizga kerakli yorug’lik sozlamalarini tanlaysiz, orqa fonni bo'yashingiz yoki uni o'zgartirishingiz ham mumkin. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.

Sinab ko’rish uchun havola.

DigiTech
6.9K viewsedited  15:26
Ochish/sharhlash
2023-03-22 15:58:36
Farg'ona shahri neyrotarmoqlar nigohida

• Bu safar neyrotarmoqlardan Farg'ona shahrini qanday tasavvur qilishini so’radik.

DigiTech
7.7K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-03-22 13:31:58
Shunchaki chiroyli qilingan interfeys dizayni

Dizayner juda zo’r effektli interfeys dizayni yaratdi, kunduzi ekran yoriqlashadi, tunda esa qorong’ulashadi. Buni neyrotarmoq emas odam qilgan.

DigiTech
2.4K views10:31
Ochish/sharhlash
2023-03-21 17:05:47
Rasm generatsiya qiluvchi yana bir neyrotarmoq - Bluewillow

Ishlatish uchun, bunda ham rasmiy saytdagi link orqali Discord serverga qo’shilib, so’ng #rookie bo’limiga kirib “/imagine prompt:” ichida so’rovni yozish kerak. Midjourneydan farqi, bu neyrotarmoq mutlaqo bepul.

Sinab ko’rish uchun havola.

DigiTech
4.4K viewsedited  14:05
Ochish/sharhlash
2023-03-21 12:27:37
Sun’iy intellekt o’rnatilgan elektrovelosiped

Acer kompaniyasi Ebii nomli elektrovelosipedni taqdim etdi, unga EbiiAssist sun’iy intellekti o’rnatilgan.

Sun’iy intellekt odamni haydash uslubini eslab qololadi, shuningdek marshrutni aytib turish, batareya quvvatini nazorat qilish va to’xtab turganda qulflash funksiyalarini bajaradi.

Velosiped bir zaryadda 110 km masofani bosib o’toladi va maksimal 25 km/s tezlikka chiqadi. O’g’rilikka qarshi ilg’or tizim ham o’rnatilgan.

Narxi va chiqish sanasi hali ma’lum emas.

DigiTech
5.7K viewsedited  09:27
Ochish/sharhlash
2023-03-20 18:02:03
Runway text2video GEN-2 modelini taqdim etdi

Endi neyrotarmoq videolarni matnli tavsif orqali yaratib beroladi, oldingi modelida u faqat tayyor videolarni tahrirlay olardi.

Bu yil neyrotarmoqlar yili shekilli, mart oyini o’zida juda ko’p funksiyali neyrotarmoqlar namoyish etildi.

Kutish (waitlist) ro’yxatiga ushbu havola orqali ariza tashlashingiz mumkin.

DigiTech
7.0K views15:02
Ochish/sharhlash