Get Mystery Box with random crypto!

ChatGPT endi plaginlarni qo’llab - quvvatlaydi Plaginlar chat | AI | DigiTech

ChatGPT endi plaginlarni qo’llab - quvvatlaydi

Plaginlar chatbotga qo’shimcha vazifalarni bajarish imkonini beradi. ChatGPT uchun hozircha 11 ta plagin ishlab chiqilgan, jumladan Slack korporativ messenjeri uchun plagin, Instacart oziq - ovqat yetkazib berish xizmati, Shopify onlayn do’koni plagini va boshqalar.

Plaginlar yordamida misol uchun uyga oziq ovqat buyurtma bersa bo’ladi, aviachipta sotib olsa bo’ladi, brauzerdan aktual ma’lumotlarni ham olish mumkin va boshqalar. Bularni hammasi ChatGPT dan chiqmasdan qilinadi.

Hozircha plaginlar beta - test rejimida faqat cheklangan miqdordagi ChatGPT Plus foydalanuvchilari uchun mavjud.

DigiTech