Get Mystery Box with random crypto!

Chorvachlik | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi chorvachilik_rasmiy — Chorvachlik | Rasmiy kanal C
Telegram kanalining logotibi chorvachilik_rasmiy — Chorvachlik | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @chorvachilik_rasmiy
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.02K
Kanalning ta’rifi

Chorvachlik kanalimizga xush kelibsiz.
Yangiliklar birinchi bizning kanalimizda kuzatib boring.
Bizning kanalda
O'zingizni qiziqtirgan chorvachlik oid savol va maslahatlaringiz marxamat
Reklama: https://t.me/chorvachilik_rek

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-10-12 06:08:15
Mastit (Mastitis) - yunoncha so'zdan olingan bo'lib, sut bezlarining bakteriyalar tomonidan yallig'lanishidir. Mastit xozirgi paytda chorvachilikda ko'p tarqalgan kasalliklardan xisoblanadi. Sut bezidagi yallig'lanish darajasiga qarab kasallik belgilari xar xil bo'ladi. Kasallikning og'ir ko'rinishlarida yelin shishib ketadi, uning kasallangan mahalliy qismlarida harorat ko'tariladi, kuchli og'riq paydo bo'ladi, natijada sigirning ishtahasi yo'qoladi.Surunkali ko'rinishlarida esa elin pallalaridan biri yoki bir nechtasi shishgan holatda bo'lib, sut o'ziga xos bo'lmagan irigan ko'rinishda bo'ladi.
Olinadigan umumiy sut miqdori 15-20% pasayadi va uning yog'lilik darajasi 0.8-1% gacha kamayadi.
70 views𝗚𝗼𝗳𝘂𝗿𝗼𝘃 て.️, 03:08
Ochish/sharhlash
2022-10-10 22:01:13
Қатиқ саратон касаллигидан қутқарадиган ягона сут маҳсулоти сифатида тан олинган

Тадқиқотларга кўра, қатиқ ошқозон яраси, сурункали атрофик гастрит ва ошқозон саратонига олиб келадиган бактерия билан боғлиқ касалликларнинг аломатларини йўқ қилишга ёрдам беради. Қатиқ, шунингдек, танани "ёшартиради": қонни тозалайди, кислота мувозанатини ва ошқозон-ичак тракти микрофлорасини нормальлантиради. Ичимлик иммунитет тизимини мустаҳкамлайди.
705 views𝗚𝗼𝗳𝘂𝗿𝗼𝘃 て.️, 19:01
Ochish/sharhlash
2022-10-10 09:31:23
Қорамолларда туёқлар ойига 6-7 мм ўсади. Яйловда ўтлайдиган ёки эркин юрадиган
молларда туёқлар меъёрда ўсган бўлади.
Доимо боғланган ҳолда турадиган ва юмшоқ полли жойларда турадиган чорва молларида туёқ ўсиши тезроқ бўлади ва бир мунча вақт ўтгач туёқлар ўсиб, бир-бирини устига чиқиб кетиши оқибатида юқорига қайрилади ва синишига олиб келади:
Ўсиб кетган ва синган туёқлар чорва молларининг ўрнидан туришига ҳалақит беради. Чорва моли оёқда туришга қийналади, бунинг оқибатида доимий равишда ётишни истайди, иштаҳаси йўқолади ва семириш кўрсаткичи тушиб кетади. Ўсаётган ва синган туёқлар орасида ўғитлар тўпланиши боис, туёқнинг таг қисми чиришига олиб келади.
Узоқ вақт боқиладиган чорва молларининг туёқлари шу тарзда ўсадиган бўлса, туёқларни кесиш йўли билан даволаш мумкин.
Туёқ кесиш учун турли асбоб-ускуналарлан фойдаланилади. Агар бир мартада кўплаб сигирларнинг туёғи кесиладиган бўлса, туёқларни электр асбоблар ёрдамида кесиш ва силлиқлаш қулай.
Афсуски, туёқ кесиш бир марталик иш эмас. Гарчи туёқ кесилиши оёқ тузилиши, сигирнинг юриши ва умумий ҳолатини бирмунча яхшиласада, кесишдан аввал
оқсоқланган сигирларда туёқ суягида бирор ички камчилик бўлади ва бундай сигирларда анча тез ўсади.
Манба: «Қорамолларни парваришлаш» Тузувчи: Қ.Ж.Шакиров – Тошкент давлат аграр университети “Умумий зоотехния” кафедраси доценти, қ.х.ф.д.
152 views𝗚𝗼𝗳𝘂𝗿𝗼𝘃 て.️, 06:31
Ochish/sharhlash
2022-10-09 09:16:40
Kabardino-Balkariyada 2022 yil 8 oy davomida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 3,7 foizga o'sdi, Fermer.News bu haqda Fermerga Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo'jaligi vazirligiga murojaat qildi.

Shimoliy Kavkazstatga ko'ra, 2022 yilning sakkiz oyida Kabardino-Balkariyada qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish hajmi 2021 yilning shu davriga nisbatan 3,7 foizga o'sdi va 29,6 milliard rublni tashkil etdi.
Ekin etishtirishda hosil yig'ish davom etmoqda.

Operatsion ma'lumotlarga ko'ra, barcha toifadagi fermer xo'jaliklarida hosil etishtirish yalpi hosil o'tgan yilning shu sanasidagi ko'rsatkichlardan yuqori.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida chorvachilikda barcha toifadagi uy xo'jaliklarining o'tgan yilning shu davriga nisbatan o'sishi, go'sht ishlab chiqarish 4,3% ga, sut – 3,1% ga, tuxum – 2,6% ga%.
155 views𝗚𝗼𝗳𝘂𝗿𝗼𝘃 て.️, 06:16
Ochish/sharhlash
2022-10-09 09:13:53
Қорамол гўшти импорти 13,8 минг тоннага ошган

Давлат статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2022 йилнинг январь-август ойларида Ўзбекистонга 9 та давлатдан қиймати 141,9 млн. АҚШ долларига тенг бўлган 32,8 минг тонна қорамол гўшти импорт қилинган.

Қорамол гўшти импорти ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда 13,8 минг тоннага ошган.

2022 йилнинг 8 ойида Ўзбекистон энг кўп қорамол гўштини импорт қилган давлатлар:

Беларусь – 17,1 минг тонна
Қозоғистон – 11,6 минг тонна
Бразилия – 1,4 минг тонна
Ҳиндистон – 967 тонна
Россия – 791 тонна
146 views𝗚𝗼𝗳𝘂𝗿𝗼𝘃 て.️, 06:13
Ochish/sharhlash
2022-10-08 21:38:31
Ўзбекистонда 2 ой ичида Россия сути нархи деярли икки баробарга ошди

Истеъмолчиларнинг ёзишича, август ойида бир ўрам сутни 14,5 минг сўмдан харид қилган бўлса, ҳозир ўша сут 26,5 минг сўмдан сотилмоқда. Қайд этилишича, ҳозир дўконларда маҳаллий ишлаб чиқарилган қадоқдаги сут етишмайди.
175 views𝗚𝗼𝗳𝘂𝗿𝗼𝘃 て.️, 18:38
Ochish/sharhlash
2022-10-08 20:41:57
Qish mavsumida o'rtacha sut ishlab chiqarish
Sut mahsuldorligini hisoblashda mavsumiylik juda muhimdir. Turli jinslardagi sut miqdori bir xil emas va bir qator omillarga bog'liq. Ularga sigir yoshi, mavsum, bolalash vaqti, ovqatlanish tarkibi, uy sharoitlari va hatto sog'ish kiradi. Qish kunida bir sutli sigir kuniga taxminan 15 litr sut ishlab chiqarishi mumkin.
2.1K views𝗚𝗼𝗳𝘂𝗿𝗼𝘃 て.️, 17:41
Ochish/sharhlash
2022-10-08 20:31:35
Sigirlarni iydirishning qo’shimcha omillari bo’lib, sigirlarni sayr qildirish (2-3 km ga), yelinini massaj qilish, mikroiqlim sharoitlarini yaratib berish hisoblanadi. 
Sigirlar bog’lab boqilgan, dag’al va shirali oziqalar, lavlagi va yem har sigirga mahsuldorligiga qarab yediriladi. Sigirlarni bog’lamasdan saqlanganda, ularni oziqlantirish guruhlab o’tkaziladi, ya’ni sigirlar yoshi, tirik vazni, mahsuldorligi va fiziologik holatiga qarab oziqa guruhlariga bo’linadi. 
Sigirlar qishki ratsioni pichan, somon, senaj, silos, ildizmevalar, sanoat chiqindilari (bor joylarda), yemdan tashkil topadi.
1.1K views𝗚𝗼𝗳𝘂𝗿𝗼𝘃 て.️, 17:31
Ochish/sharhlash
2022-10-08 20:30:47
Sigirlar tuqqanidan 10-15 kun keyin tug’im asoratlari ortda qoladi. Yelin shishi qaytadi, uni to’liq ratsionga o’tkazib, iydirish (razdoy) choralari ko’riladi. Iydirish sigirlarning mahsuldorligini oshirishga qaratilgan. Zootexnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmuasi hisoblanadi.
Sigirlarni iydirish 2-3 oy davomida o’tkaziladi, chunki sigirlar shu davrda laktasiya davomida beradigan sutini 40-50% berib, sutini ko’paytirishga moyil bo’ladi. Iydirish uchun sigirning o’rtacha sut mahsuldorligi aniqlanib, uning asosiy ratsioniga 2-3 oziqa birliga qo’shib beriladi, sigir sut bilan javob bersa, yana 2-3 oziqa birligi qo’shib beriladi, bu hol toki sigir qo’shimcha oziqaga sut bilan javob bermagancha davom ettiriladi yoki sigirning eng yuqori imkoniyat sut mahsuldorligiga erishiladi. 2000-3000 kg sut beradigan sigirlarda iydirish orqali 800-1000 kg sut mahsuldorligini oshirish mumkin. Sermahsul 5000-6000 kg sut beradigan sigirlarda bu jarayon murakkabroq kechadi yoki oziqlantirishga talab yanada ortadi.
Iydirish davomida ko’pincha sigirlarning talabini ratsion to’lig’icha qondirilmasa, sigir o’z tanasi oqsil, yog’, minerallar va vitaminlarini sarflashga majbur bo’ladi, ko’p hollarda ozib ketadi. Tug’ishga me’yorda tayyorlangan sigirlarda iydirish oson kechadi.
1.1K views𝗚𝗼𝗳𝘂𝗿𝗼𝘃 て.️, 17:30
Ochish/sharhlash
2022-10-08 20:30:05
Sog‘in sigirlarni oziqlantirish.
Sigirlarning tirk vazni mahsuldorligi, semizligi, fiziologik holatiga qarab me’yor asosida xo’jalikning oziqa imkoniyatlari asosida tuzilgan to’laqiymatli ratsionlar asosida boqishni tashkil qilish kerak.
Sigir tuqqanidan keyin 10-15 kungacha to’liq ratsionga chiqariladi, tuqqanidan keyin birdan to’liq ratsionga o’tkazish organizmning, ayniqsa yelinning zo’riqishiga va kasallanishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’pincha bu holat sersut sigirlarda og’riqli kechadi. 
1.1K views𝗚𝗼𝗳𝘂𝗿𝗼𝘃 て.️, 17:30
Ochish/sharhlash