Get Mystery Box with random crypto!

Sigirlar tuqqanidan 10-15 kun keyin tug’im asoratlari ortda qo | Chorvachlik | Rasmiy kanal

Sigirlar tuqqanidan 10-15 kun keyin tug’im asoratlari ortda qoladi. Yelin shishi qaytadi, uni to’liq ratsionga o’tkazib, iydirish (razdoy) choralari ko’riladi. Iydirish sigirlarning mahsuldorligini oshirishga qaratilgan. Zootexnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmuasi hisoblanadi.
Sigirlarni iydirish 2-3 oy davomida o’tkaziladi, chunki sigirlar shu davrda laktasiya davomida beradigan sutini 40-50% berib, sutini ko’paytirishga moyil bo’ladi. Iydirish uchun sigirning o’rtacha sut mahsuldorligi aniqlanib, uning asosiy ratsioniga 2-3 oziqa birliga qo’shib beriladi, sigir sut bilan javob bersa, yana 2-3 oziqa birligi qo’shib beriladi, bu hol toki sigir qo’shimcha oziqaga sut bilan javob bermagancha davom ettiriladi yoki sigirning eng yuqori imkoniyat sut mahsuldorligiga erishiladi. 2000-3000 kg sut beradigan sigirlarda iydirish orqali 800-1000 kg sut mahsuldorligini oshirish mumkin. Sermahsul 5000-6000 kg sut beradigan sigirlarda bu jarayon murakkabroq kechadi yoki oziqlantirishga talab yanada ortadi.
Iydirish davomida ko’pincha sigirlarning talabini ratsion to’lig’icha qondirilmasa, sigir o’z tanasi oqsil, yog’, minerallar va vitaminlarini sarflashga majbur bo’ladi, ko’p hollarda ozib ketadi. Tug’ishga me’yorda tayyorlangan sigirlarda iydirish oson kechadi.