Get Mystery Box with random crypto!

Sigirlarni iydirishning qo’shimcha omillari bo’lib, sigirlarni | Chorvachlik | Rasmiy kanal

Sigirlarni iydirishning qo’shimcha omillari bo’lib, sigirlarni sayr qildirish (2-3 km ga), yelinini massaj qilish, mikroiqlim sharoitlarini yaratib berish hisoblanadi. 
Sigirlar bog’lab boqilgan, dag’al va shirali oziqalar, lavlagi va yem har sigirga mahsuldorligiga qarab yediriladi. Sigirlarni bog’lamasdan saqlanganda, ularni oziqlantirish guruhlab o’tkaziladi, ya’ni sigirlar yoshi, tirik vazni, mahsuldorligi va fiziologik holatiga qarab oziqa guruhlariga bo’linadi. 
Sigirlar qishki ratsioni pichan, somon, senaj, silos, ildizmevalar, sanoat chiqindilari (bor joylarda), yemdan tashkil topadi.