Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Тарқатинг
Расман
Хайрли
Фойдали
Тезкор
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.69M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 525

2022-05-02 14:22:56
Vladimir Putin musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

“Bu bayram dindorlarni islom dinining kelib chiqishiga, barcha jahon dinlari zamirida yotgan yuksak axloqiy koʻrsatmalarga qaytaradi”, – deyiladi Rossiya prezidentining bayram tabrigida.

@BugungiGap
13.2K views11:22
Ochish/sharhlash
2022-05-02 14:11:31
OTMlarga kirish uchun beriladigan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi.

Prezidentning “Davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjat loyihasida keltirilishicha, oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, imtiyozlarni yagona hujjatda qat'iy ro‘yxatini shakllantirish hamda umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoida belgilanishi mumkin.

@BugungiGap
13.3K views11:11
Ochish/sharhlash
2022-05-02 14:00:55
Ko‘p qavatli uyning 11-qavatidan 1,5 yoshli bola tushib ketdi.

Voqea Toshkentning Shayxontohur tumanida sodir bo'lgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari xabar berishicha, voqea 1-may kuni yuz bergan. 2020-yilning noyabrida tug‘ilgan o‘g‘il bola onasi uy ishlari bilan band bo‘lgan vaqtda qarovsiz qolib ketgan. Bola ochiq qolgan, himoya to‘sig‘i bo‘lmagan uy oynasi oldidagi divan ustida o‘ynab turganida shu joydan pastga tushib ketib, voqea joyida vafot etgan.

@BugungiGap
13.3K viewsedited  11:00
Ochish/sharhlash
2022-05-02 12:09:52
Ukraina portlarida 4,5 million tonna don qolib ketgan.

“Harbiy harakatlar tufayli Ukraina yopib qoʻyilgan dengiz yo'llari orqali xorijga don eksport qila olmayapti. Natijada dengiz portlarida 4,5 million tonna don qolib ketgan”, – Martin Frik, BMT Jahon oziq-ovqat dasturi vakili.

@BugungiGap
14.2K views09:09
Ochish/sharhlash
2022-05-02 11:27:14
Chexiya Prezidenti Rossiya Qurolli Kuchlarini zaif deb atadi.

“Vladimir Putin Rossiyaning qudratli ekanligi va xususan, Rossiya armiyasi dunyodagi 2-oʻrindagi eng kuchli armiya deb oʻylab adashgan. Bugungi kunda Rossiya armiyasi barcha ekspertlar oʻylaganidan ancha zaifligi maʼlum boʻldi”, – dedi Chexiya prezidenti Milosh Zeman.

@BugungiGap
14.6K views08:27
Ochish/sharhlash
2022-05-02 10:42:19
Ukraina Germaniyani Yevropadagi eng qatʼiyatsiz davlat deb atadi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalarda qatʼiy choralar koʻrmagan Germaniyani Yevropa Ittifoqining eng qatʼiyatsiz davlatlaridan biri deb atadi.

@BugungiGap
14.7K views07:42
Ochish/sharhlash
2022-05-02 09:34:07
Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan 4 ta qoʻngʻir ayiq bolasi toʻxtatib qolindi.

Rossiyaning Samara bojxona qoʻmitasi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston fuqarosiga tegishli avtomobil salonida qafasga solingan 2 oylik Zita, Gita, Chuka va Gek laqabli qoʻngʻir ayiq bolalari aniqlangan. Hujjatlarga ko‘ra, ayiqchalarni rossiyalik tadbirkor O‘zbekiston fuqarosiga sovg‘a qilgan. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u ayiqchalarni hayvonot bog‘idan o‘zbek sirkiga olib ketayotgan boʻlgan. Unga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik ishi qoʻzgʻatilgan.

@BugungiGap
15.2K viewsedited  06:34
Ochish/sharhlash
2022-05-02 08:52:37
AQSh Ukrainani Rossiya magʻlubiyatga uchramaguncha qoʻllab-quvvatlaydi.

Bu haqda AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Ukrainaga tashrifidan soʻng maʼlum qildi. Shuningdek siyosatchi, Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga keng miqyosdagi harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam koʻrsatishda davom etishi haqida gapigan.

@BugungiGap
15.0K viewsedited  05:52
Ochish/sharhlash
2022-05-02 07:18:00
Finlyandiya Rossiya bilan chegarada to‘siqlar o‘rnatishni boshlaydi.

Bu haqda Shimoliy Kareliya chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Marko Turunen maʼlum qildi. “Bu Finlyandiyaning sharqiy (Rossiya bilan) chegarasida muhim hududlarda yoki ular bilan chegaraning katta qismini qoplash uchun to'siqlar qurishni boshlash uchun muhim qaror”, – dedi u oʻz bayonotida.

@BugungiGap
15.6K views04:18
Ochish/sharhlash
2022-05-01 19:40:46
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

“Xalqimiz asrlar davomida buyuk diniy qadriyat, saxovat va mehr-oqibat ramzi sifatida e’zozlab kelayotgan bu ulug‘ ayyom keyingi paytda ijtimoiy hayotimizda yanada mustahkam o‘rin egallab borayotgani, albatta, barchamizni xursand qiladi”, — deyiladi prezident tabrigida.

@BugungiGap
10.0K viewsedited  16:40
Ochish/sharhlash