Get Mystery Box with random crypto!

꧁🌸Jannatim Onam🌸꧂

Telegram kanalining logotibi bu_mening_onam_jannatim_onam — ꧁🌸Jannatim Onam🌸꧂ J
Telegram kanalining logotibi bu_mening_onam_jannatim_onam — ꧁🌸Jannatim Onam🌸꧂
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.23K
Kanalning ta’rifi

🍁Сочларида ок, гуллар,
🍂 Кел уларни тер, болам.
🍃 Йу́линга муштог йоллар,
💐 Болам бу́либ бер, Болам
Biz bilan aloqa: @Mustafoyevna_bot
Bizning hamkor kanal: @Me_bookworm

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-26 05:26:28 Juma tongi otdi juma muborak.

Yana bir tong otdi ahli olamga.
Sayyidul ayyomdan bildirib darak.
Rahmat nuri yog‘ib barcha odamga.
Juma tongi otdi juma muborak.

O‘zbek ahli barcha mening yurtdoshim
Akam ukam mening jigar qondoshim.
Ahli musulmonlar barcha dindoshim.
Juma tongi otdi juma muborak.

Barchangizga deyman salom assalom.
Rabbim bizga jannat aylasin in'om.
Men sizlarga tilayman ezgu so‘z kalom.
Juma tongi otdi juma muborak.

Masjiddan yangradi azon ovozi.
Bu dunyo o‘tkinchi tosh-u tarozi.
Bizni kutar bugun juma nomozi.
Juma tongi otdi juma muborak.

Allohim zikridan qolmaganlarga.
Nomoz o‘qib sira tolmaganlarga.
Shaytonning gapini olmaganlarga.
Juma tongi otdi juma muborak.

Tongdan namoz o‘qib erta to‘rganlar.
Yaqinlarin yo‘qlab holin so‘rganlar.
Allohni sevganlar, yaxshi ko‘rganlar.
Juma tongi otdi juma muborak.

Bu kunga yetganlar, yetmaganlar bor.
Ibodatlar qilsak bo‘lmaymiz hech xor.
Muslim muslimaga Rabbim o‘zi yor.
Juma tongi otdi juma muborak.

Payg‘ambarimizdir Ya Rasululloh.
Yaratdi insonni Ya Qodir Alloh.
Tinch yurtda yashaymiz Alhamdulillah.
Juma tongi otdi juma muborak.

Sobitjon Eshtemirov. 11.03.2022.
1.6K views02:26
Ochish/sharhlash
2022-08-24 05:27:29
Har tong shunday diydorlashaylik,
"Omonmisiz, qadrdonim" deng... !!!
Opam, singlim, akajonlarim
Koʻnglingizni bir dam qoʻying keng.

Tanishmisiz yoki notanish,
Oʻzingizga qadrdon biling.
Boʻlsa hamki, ming oʻy, ming tashvish,
Uchrashganda tabassum qiling.

Men-chi, sizni bagʻrimga bosib,
Mehrim bilan gullarga oʻray.
Yaxshi kunlar etsin-da nasib,
Sizni doim baxtiyor koʻray.

Qondoshginam, qilmangiz unut,
Dunyo bir kam, ishi chigal-ku,
Bugun meni koʻrdingiz xushnud,
Ertaga men boʻlmasman balki.

Yillar oʻtar, oʻtar charx urib,
Daryo kabi oqadi fursat.
Har tong qoʻlni qoʻllarga berib,
Omonlashmoq oʻzi gʻanimat.

Har tong shunday diydorlashaylik,
Omonmisiz, qadrdonim deng!
2.1K views02:27
Ochish/sharhlash
2022-08-23 10:18:25
Judayam taʼsirli voqea
Onangizni qadrlang


Mehmed_Yildiz_Tarjima
2.3K views07:18
Ochish/sharhlash
2022-08-22 16:47:49
#Ishtirokchi_6

Agar o‘zbeklar kitob o‘qishga ham oshga kelgandek yig‘ila olganlarida edi, dunyoda bundan qudratli millat bo‘lmas edi.
Alixonto‘ra Sog‘uniy


Shahzoda Rustam qizi

@bookuz_jizzax - yangi kitoblar
We are happy to serve you..))
1.7K views13:47
Ochish/sharhlash
2022-08-22 07:15:25 Zerikdi odam o'yin o'ynaymizmi?
+ =
+ =
+ =
+ =
Shunga o‘xshagan yangicha smayliklar qila olasizlarmi? Ijod qilib yangilaridan yarating, biznikini ko‘chirganingiz qiziqmas
1.7K viewsedited  04:15
Ochish/sharhlash
2022-08-21 11:54:01 O‘ZBEK AYOLI

Mehridan porlaydi juft shaxlo ko‘zi,
Barchaga samimiy aytilar so‘zi,
Juftiga vafodor, muslima o‘zi,
Chunki, farishtadir o‘zbek ayoli.

Turli mashaqqatda turar mardona,
Doim kalomida bo‘lar shukrona,
Dushmanga ham qo‘lin berar mardona,
Chunki, farishtadir o‘zbek ayoli.

Bu dunyoda faqat bolam deb yashar,
Bolam deb yashashi unga yarashar,
O‘sma-yu ro‘molidan ko‘zlar qamashar,
Axir, farishtadir o‘zbek ayoli.

Aziz farzandining aziz onasi,
Suyukli yorining u yagonasi,
Barcha mo‘jizaning u durdonasi,
Chunki, farishtadir o‘zbek ayoli.

Aybini izlamang topmassiz nuqson,
Uyalib qolasiz, qilmang hech gumon,
G‘iybatini qilmang yursin sog‘-omon,
Axir, farishta-ku o‘zbek ayoli.

Ayol mo‘jizadir, ayoldir xilqat,
O‘zbek ayolining ko‘rkidir mehnat,
Eshitar doim barchadan rahmat,
O‘ZBEK AYOLI U, O‘ZBEK AYOLI.

Murodjon Ermatov
2.3K views08:54
Ochish/sharhlash
2022-08-21 10:52:58
Bugun, 21-avgust - Shoirlar kuni!

Menimcha umri davomida hech bo‘lmaganda bir marotaba she'r yozishga harakat qilib ko‘rmagan kishi bo‘lmasa kerak!
Bugun Shoirlar kuni bilan barcha shoirlarimizni tabriklaymiz!

Bayramingiz bilan aziz Shoirlar
1.7K views07:52
Ochish/sharhlash
2022-08-21 07:40:05 TELEKANALLAR BIZGA NIMALARDAN SO'ZLAYDI?
Otni kallasiday Kredit ol, TBC, Anorbanklardan qarzga bot, umring qarz to'lash bilan o'tsin
Yangi qurilgan osmono'par bir balo CITYlarimizdan qimmatgina, sifatsiz uy ol. Reklamadagi ideal hayotni o'zing yarat.
Sifatsiz kolbasalar, gazli ichimliklar, xolesterinli yeguliklar, chipslar tanovul qil. Sog'ligingni o'ylama. Maza qilib yeb ich...
Yevropalashgan turk seriallarimizni ko'r, bolalaringni shu kinolar ila tarbiya qil. Xohlasang milliy seriallarimizni ko'r, oilaviy nizolar mahoratini bizdan o'rgan. Madaniyat va ma'naviyat degan narsalarga odatlanma.
Qimor (Azart) o'yinlarni o'yna, hayot bu qimor. Tavakkal qil. Nimadir yutolmasang ham Jescolarimizni sotib ol. Puling begonaga ketmasin...
Kasallikka qarshi dorilarimiz ko'p. Klinikalarimiz ko'p. Turli Lamifaren, Alhadayalarimiz bor. Dollarlar evaziga seni davolaymiz (aslida boyib olamiz)
O'zbekiston 24 yangiliklariga ko'ra Islohotlar amalda. Yalpi ichki mahsulotlarimiz falon darajada. Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha shaffoflikni ta'minlash ustuvor vazifamiz... Siyosatni bizdan o'rgan...
- .....
- HAMMASI YAXSHI BO'LADI!
- Qachon?
- Qachon TV ko'rishni to'xtatganingda....
1.5K views04:40
Ochish/sharhlash
2022-08-21 06:08:25
Aссалому алайкум. Якшанба тонги муборак бўлсин

Соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин

Асл саодат нафас олиб турган ҳар онимизга шукр қила олишдир...
Шукр ва зикрга бой кун бўлсин!

Янги кунингиз мазмунли утсин
1.6K views03:08
Ochish/sharhlash
2022-08-20 14:47:40 Diqqat, diqqat!
Jannatim onam va Book.uz Jizzax kanallari hamkorlikda ilk bora tanlov o‘tkazmoqda. Ushbu tanlovda ishtirok etgan holda ajoyib sovg‘alarga ega bo‘lishingiz mumkin.

1-shart.
@bookuz_jizzax
@bu_mening_onam_jannatim_onam
@bookreading_times kanallarning har uchalasiga ulanasiz. Shuningdek, mazkur xabarni 5tadan do‘stingizga yuborib, ular xabaringizni o‘qigandan so‘ng (2ta ptichka) skrenshot tarzida 5ta do‘stingizga yuborganingiz va kanallarga ulanganingiz haqida (demak kamida 8ta skreenshot) @bookuzbek_jizzax profiliga yuborasiz.

2-shart. Agar siz iqtibosga like yig‘ish shartida qatnashmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingiz o‘qigan kitobdan yoki muallifdan biror rasmli yoki matnli parchani @bookuzbek_jizzax ga yuborasiz. Sizdan kelgan postlar @bookuz_jizzax
@bookreading_times
@bu_mening_onam_jannatim_onam kanallariga bir vaqtning o‘zida qo‘yiladi. Siz esa ularga like (reaksiya) yig‘ishingiz kerak bo‘ladi. Postlar 29-avgust 23:59gacha qabul qilinadi. 31-avgust kuni uchala kanalda eng ko‘p reaksiya to‘plagan (uchta kanal qo‘shiladi) ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
1.6K views11:47
Ochish/sharhlash