Get Mystery Box with random crypto!

O‘ZBEK AYOLI Mehridan porlaydi juft shaxlo ko‘zi, Barchaga sa | ꧁🌸Jannatim Onam🌸꧂

O‘ZBEK AYOLI

Mehridan porlaydi juft shaxlo ko‘zi,
Barchaga samimiy aytilar so‘zi,
Juftiga vafodor, muslima o‘zi,
Chunki, farishtadir o‘zbek ayoli.

Turli mashaqqatda turar mardona,
Doim kalomida bo‘lar shukrona,
Dushmanga ham qo‘lin berar mardona,
Chunki, farishtadir o‘zbek ayoli.

Bu dunyoda faqat bolam deb yashar,
Bolam deb yashashi unga yarashar,
O‘sma-yu ro‘molidan ko‘zlar qamashar,
Axir, farishtadir o‘zbek ayoli.

Aziz farzandining aziz onasi,
Suyukli yorining u yagonasi,
Barcha mo‘jizaning u durdonasi,
Chunki, farishtadir o‘zbek ayoli.

Aybini izlamang topmassiz nuqson,
Uyalib qolasiz, qilmang hech gumon,
G‘iybatini qilmang yursin sog‘-omon,
Axir, farishta-ku o‘zbek ayoli.

Ayol mo‘jizadir, ayoldir xilqat,
O‘zbek ayolining ko‘rkidir mehnat,
Eshitar doim barchadan rahmat,
O‘ZBEK AYOLI U, O‘ZBEK AYOLI.

Murodjon Ermatov