Get Mystery Box with random crypto!

TELEKANALLAR BIZGA NIMALARDAN SO'ZLAYDI? Otni kallasiday Kr | ꧁🌸Jannatim Onam🌸꧂

TELEKANALLAR BIZGA NIMALARDAN SO'ZLAYDI?
Otni kallasiday Kredit ol, TBC, Anorbanklardan qarzga bot, umring qarz to'lash bilan o'tsin
Yangi qurilgan osmono'par bir balo CITYlarimizdan qimmatgina, sifatsiz uy ol. Reklamadagi ideal hayotni o'zing yarat.
Sifatsiz kolbasalar, gazli ichimliklar, xolesterinli yeguliklar, chipslar tanovul qil. Sog'ligingni o'ylama. Maza qilib yeb ich...
Yevropalashgan turk seriallarimizni ko'r, bolalaringni shu kinolar ila tarbiya qil. Xohlasang milliy seriallarimizni ko'r, oilaviy nizolar mahoratini bizdan o'rgan. Madaniyat va ma'naviyat degan narsalarga odatlanma.
Qimor (Azart) o'yinlarni o'yna, hayot bu qimor. Tavakkal qil. Nimadir yutolmasang ham Jescolarimizni sotib ol. Puling begonaga ketmasin...
Kasallikka qarshi dorilarimiz ko'p. Klinikalarimiz ko'p. Turli Lamifaren, Alhadayalarimiz bor. Dollarlar evaziga seni davolaymiz (aslida boyib olamiz)
O'zbekiston 24 yangiliklariga ko'ra Islohotlar amalda. Yalpi ichki mahsulotlarimiz falon darajada. Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha shaffoflikni ta'minlash ustuvor vazifamiz... Siyosatni bizdan o'rgan...
- .....
- HAMMASI YAXSHI BO'LADI!
- Qachon?
- Qachon TV ko'rishni to'xtatganingda....