Get Mystery Box with random crypto!

Juma tongi otdi juma muborak. Yana bir tong otdi ahli olamga. | ꧁🌸Jannatim Onam🌸꧂

Juma tongi otdi juma muborak.

Yana bir tong otdi ahli olamga.
Sayyidul ayyomdan bildirib darak.
Rahmat nuri yog‘ib barcha odamga.
Juma tongi otdi juma muborak.

O‘zbek ahli barcha mening yurtdoshim
Akam ukam mening jigar qondoshim.
Ahli musulmonlar barcha dindoshim.
Juma tongi otdi juma muborak.

Barchangizga deyman salom assalom.
Rabbim bizga jannat aylasin in'om.
Men sizlarga tilayman ezgu so‘z kalom.
Juma tongi otdi juma muborak.

Masjiddan yangradi azon ovozi.
Bu dunyo o‘tkinchi tosh-u tarozi.
Bizni kutar bugun juma nomozi.
Juma tongi otdi juma muborak.

Allohim zikridan qolmaganlarga.
Nomoz o‘qib sira tolmaganlarga.
Shaytonning gapini olmaganlarga.
Juma tongi otdi juma muborak.

Tongdan namoz o‘qib erta to‘rganlar.
Yaqinlarin yo‘qlab holin so‘rganlar.
Allohni sevganlar, yaxshi ko‘rganlar.
Juma tongi otdi juma muborak.

Bu kunga yetganlar, yetmaganlar bor.
Ibodatlar qilsak bo‘lmaymiz hech xor.
Muslim muslimaga Rabbim o‘zi yor.
Juma tongi otdi juma muborak.

Payg‘ambarimizdir Ya Rasululloh.
Yaratdi insonni Ya Qodir Alloh.
Tinch yurtda yashaymiz Alhamdulillah.
Juma tongi otdi juma muborak.

Sobitjon Eshtemirov. 11.03.2022.