Get Mystery Box with random crypto!

Har tong shunday diydorlashaylik, 'Omonmisiz, qadrdonim' deng. | ꧁🌸Jannatim Onam🌸꧂

Har tong shunday diydorlashaylik,
"Omonmisiz, qadrdonim" deng... !!!
Opam, singlim, akajonlarim
Koʻnglingizni bir dam qoʻying keng.

Tanishmisiz yoki notanish,
Oʻzingizga qadrdon biling.
Boʻlsa hamki, ming oʻy, ming tashvish,
Uchrashganda tabassum qiling.

Men-chi, sizni bagʻrimga bosib,
Mehrim bilan gullarga oʻray.
Yaxshi kunlar etsin-da nasib,
Sizni doim baxtiyor koʻray.

Qondoshginam, qilmangiz unut,
Dunyo bir kam, ishi chigal-ku,
Bugun meni koʻrdingiz xushnud,
Ertaga men boʻlmasman balki.

Yillar oʻtar, oʻtar charx urib,
Daryo kabi oqadi fursat.
Har tong qoʻlni qoʻllarga berib,
Omonlashmoq oʻzi gʻanimat.

Har tong shunday diydorlashaylik,
Omonmisiz, qadrdonim deng!