Get Mystery Box with random crypto!

Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Telegram kanalining logotibi boyovut_live — Boyovut Live 🔴 Расмий Канал B
Telegram kanalining logotibi boyovut_live — Boyovut Live 🔴 Расмий Канал
Kanal manzili: @boyovut_live
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.49K
Kanalning ta’rifi

Boyovut tumani Xabarlarini Tezkor ⚡Yetkazib Boruvchi Rasmiy Kanaldasiz ✅
Voqea va hodisa guvoh bo‘ldingizmi 👀
Unda bizga yuboring @Boyovutlik_admin
Reklama uchun: @Boyovutlik_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-04-03 12:18:38
Boyovut tuman "Milliy gvardiya qo'riqlash bo'linmasi" xodimlari Boyovut tumani Axborot-kutubxona markazida bo'ldilar.

Bu yerda ko'plab badiiy asarlar, o'zbek mumtoz adabiyotlar, chet el yozuvchilari asarlari hamda kutubxonada tashkil etilgan "O'lkashunoslik muzeyi" haqida ma'lumot oldilar.

Kanalga ulanish @Boyovut_Live
2.1K viewsBoyovut admini, 09:18
Ochish/sharhlash
2023-04-03 06:50:51
#Тезкор #Диққат #Тарқатинг
Сирдарёлик ёшлар диққатига!

Фақатгина бугун, 3-апрель куни соат 15:00да Гулистон шаҳар "Алпомиш" спорт мажмуасида "Конституция ўзимизники!" номли сирдарёлик ёшлар билан учрашув бўлиб ўтади.

Унда эстрадамиз ёрқин юлдузлари Нилуфар Усмонова ҳамда Ёрқинҳўжа Умаровлар иштирок этишади. Барча ёшлар учун кириш бепул (яқинларга улашинг)

Канал @SirdaryoSadosi
156 viewsShoimqulov Rustambek (Boyovut t), 03:50
Ochish/sharhlash
2023-04-01 01:38:11
Mahallalarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023-yillarda mahallar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ 408-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Boyovut tumani Beruniy mahallasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mahalladagi 10 ta ko'cha sement-beton qoplamasi bilan, 1 ta Shoh ko'chaning 200 metr qismi asfalt qorishmasi bilan qoplandi, mahalla hududida oqlash, daraxtlarga shakl berish ishlari bajarildi.

Tumanimiz hududlarida obodonlashtirish ishlari davom etadi.

Kanalga ulanish: @Boyovut_live
1.5K views10, 22:38
Ochish/sharhlash
2023-03-31 16:36:11
Umra ziyoratchilari kutib olindi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan Umra safariga yo‘l olgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yurtdoshlarimiz bugun tongda o‘z vatanlariga qaytishdi.

Tabarruk joylarda gunohlardan pok bo‘lib, yurtimizga sog‘-omon qaytgan vatandoshlarimizdan hol-ahvol so‘rash, ziyorat taasurotlarini bilish maqsadida Boyovut tumanining sektor rahbarlari ziyoratchilar bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida o‘zlarining ibratli fazilatlari, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki bilan barchaga namuna bo‘lib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, maʼnaviyatli, maʼrifatli, ota-onasiga, yurtiga xizmat qiladigan sodiq, solih farzandlar bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shishlari taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: @Boyovut_Live
1.7K views10, 13:36
Ochish/sharhlash
2023-03-31 12:08:37
#Эслатма

Яна 1 кун қолди

2010 йилгача олинган эски ҳайдовчилик гувоҳномаларини алмаштириш муддати эртага -  31 март куни тугайди.

1 апрелдан бошлаб бундай ҳайдовчилик гувоҳномалари ўтмайди ва ҳайдовчи жаримага тортилиши мумкин. Жаримаси (МЖтКнинг 135-моддаси биринчи қисми) 300 минг сўм (1 баравар) бўлади.

#ТАРҚАТИНГ
@Boyovut_Live
1.5K views10, 09:08
Ochish/sharhlash
2023-03-31 08:45:39 Boyovut Live Расмий Канал pinned a video
05:45
Ochish/sharhlash
2023-03-31 08:45:16
#befarqemasman

Mark Riz, tarjimon va tadqiqotchi (AQSh):

— Men O‘zbekistonda bo‘lajak referendumni va mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishini qo‘llab-quvvatlayman. Sizlarda bo‘layotgan islohotlar AQSh tarixiga ham o‘xshab ketadi. Biz yozgan Konstitutsiyada har jabhada inson huquqlari bor edi. Ishonamanki, O‘zbekiston ham o‘z Konstitutsiyasida shu jihatni qo‘shadi. Men #befarqemasman. Men uchun mamlakatingiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish juda yoqimli.

@Boyovut_Live
1.7K views10, edited  05:45
Ochish/sharhlash
2023-03-31 01:41:20 Боёвут тумани, Сирдарё, Ўзбекистон
Сана: 2023 йил 31-март, жума

Саҳарлик (оғиз ёпиш) вақти: 4:53


Ифторлик (оғиз очиш) вақти: 18:49


Саҳарлик дуоси:
Навайту ан асума совма шаҳри ромадона минал фажри илал мағриби, холисон лиллаҳи таъаалаа, Аллоҳу акбар!

Ифторлик дуоси:
Аллоҳумма лака сумту ва бика аманту ва аъалайка таваккалту ва ъала ризқика афторту, фағфирли, йа Ғоффару, ма қоддамту вама аххорту!
@Boyovut_Live
248 viewsBoyovut admini, 22:41
Ochish/sharhlash
2023-03-30 19:19:15
30-mart — Xalqaro chiqindisiz kun

Ushbu sana munosabati bilan Sirdaryo viloyati Guliston shahar "Yangi hayot" MFY hududidagi "Yangi dehqon bozori" atrofida Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tozalash aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu aksiya doirasida Guliston shahar hokimligi, Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi, viloyat Obodonlashtirish boshqarmasi, "Toza Hudud" DUK, matbuot xodimlari, blogerlar, ekovolontyorlar ishtirok etishdi.

Aksiya davomida MFY hududining chiqindilar bilan qoplangan, atrof muhiti zararlangan hamda tabiiy muhitni buzib turgan hududlar, ariqchalar, qarovsiz yerlar va chuqurlarni keng tozalash ishlari amalga oshirildi.

Ushbu amaliy aksiyada barcha ishtirokchilar oʻz shijoatini koʻrsatib, ekologiyamiz va atrof muhit, tabiatimiz tozaligi uchun o'z hissalarini qo'shishdi.

@Boyovut_live
1.2K viewsBoyovut admini, 16:19
Ochish/sharhlash
2023-03-30 16:00:02
Ayni vaqtda Boyovut tumani "Sovotobod" mahallasida konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Kanalga ulanish: @Boyovutliklar
234 views10, 13:00
Ochish/sharhlash