Get Mystery Box with random crypto!

Mahallalarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda O'zbeki | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Mahallalarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023-yillarda mahallar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ 408-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Boyovut tumani Beruniy mahallasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mahalladagi 10 ta ko'cha sement-beton qoplamasi bilan, 1 ta Shoh ko'chaning 200 metr qismi asfalt qorishmasi bilan qoplandi, mahalla hududida oqlash, daraxtlarga shakl berish ishlari bajarildi.

Tumanimiz hududlarida obodonlashtirish ishlari davom etadi.

Kanalga ulanish: @Boyovut_live