Get Mystery Box with random crypto!

Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Telegram kanalining logotibi boyovut_live — Boyovut Live 🔴 Расмий Канал B
Telegram kanalining logotibi boyovut_live — Boyovut Live 🔴 Расмий Канал
Kanal manzili: @boyovut_live
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.49K
Kanalning ta’rifi

Boyovut tumani Xabarlarini Tezkor ⚡Yetkazib Boruvchi Rasmiy Kanaldasiz ✅
Voqea va hodisa guvoh bo‘ldingizmi 👀
Unda bizga yuboring @Boyovutlik_admin
Reklama uchun: @Boyovutlik_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2023-03-27 07:12:42
#Ана_холос Гулистонда 16 ёшли 'хакер' қўлга олинди

ЎзР ИИВ Киберхавфсизлик маркази хабарига кўра, Фарғона вилояти Олтиариқ туманида яшовчи 37 ёшли О.Р. мурожаат қилиб, номаълум шахс пластик картасидан 1 млн. 600 минг сўм пулларини ўзлаштирганлигини маълум қилган. Ўтказилган тезкор-қидирув тадбирлари натижасида, Сирдарё вилояти Гулистон шаҳрида яшовчи 16 ёшли Ш.Ш. телеграм мессенжери орқали О.Р. билан суҳбатлашиб, пулларини бир зумда 2 баробар кўпайтириб беришини айтиб, мессенжер орқали зарарли ҳавола юборган ҳолда пластик карта маълумотларини қўлга киритиб, пулларни ўзлаштирганлиги аниқланди.

"Ш.Ш.га нисбатан ЎзР ЖКнинг 168-моддаси 3-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда. Қонунга мувофиқ, Ш.Ш. томонидан содир этилган жиноий ҳаракатлар учун беш йилдан саккиз йилгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси назарда тутилган", — дейилади хабарда

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
2.2K views10, edited  04:12
Ochish/sharhlash
2023-03-27 02:06:15
Сирдарё вилоятида Рамазон ойи муносабати билан "Таровеҳ" намозлари ўқиладиган барча масжидларда ЙҲХБ ходимлари ҳаракат хавфсизлигини таъминлашмоқда

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
1.2K views10, 23:06
Ochish/sharhlash
2023-03-26 18:46:59
Рамазон ойида таомланишдаги энг кўп учрайдиган хатоликлар.

• Ифторликда кўп овқат ейиш;
• Янги ва ноодатий маҳсулотларни истеъмол қилиш; 
• Организм одатланмаган вақтда кўп ва тўйиб овқатланиш;
• Жуда ширин/ёғли/шўр/аччиқ овқатларни истеъмол қилиш; 
• Чой ёки қаҳва истеъмолини кўпайтириш; 
• Нон ёки бошқа хамирли маҳсулотларни кўп истеъмол қилиш; 
• Ҳаёт тарзини бутунлай ўзгартириш;
• Жисмоний фаолликни пасайтириш.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
2.0K views10, edited  15:46
Ochish/sharhlash
2023-03-26 12:37:23
“Yashil makon”: Boyovut tumanida bahorgi ko‘chatlar ekilmoqda

Jazirama issiqda ketar ekansiz, beixtiyor atrofni kuzatib biron bir daraxt soyasiga shoshilasiz. Quyosh nurini to‘sib turgan daraxt soyasida salqinlanib, nafasni rostlab bu daraxtni ekkan kishi haqqiga duolar qilasiz. Tumanimiz xududida ham bugungi barokatli kunlarda, tong sahardan dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlar davom etmoqda.

Bu ezgu ishga tumanimizning keksa nuroniylari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Ular tomonidan tuproq iqlim sharoitiga mos mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ko‘chat ekish savobli amallar sirasiga kirishi, u kishi dunyodan o‘tib, amal sahifasi yopilgandan so‘ng ham haqqiga muttasil ravishda savob borib turishiga sabab bo‘lishi, bugungi kunda har bir fuqaroning hayoti, sog‘ligi, farovon turmushi bevosita atrof-muhitning tozaligi, sofligiga bog‘liq ekanligi haqida to‘xtalib o‘tildi
Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
1.9K views10, 09:37
Ochish/sharhlash
2023-03-26 10:13:20
#Тарқатинг Эътиборли бўлинг!

Айни кунларда, кўплаб маҳаллалар ҳудудларида бошқа вилоят вакилларидан иборат “Open Budget” учун овоз йиғувчилар ўзларининг вилоятларидаги маҳаллалари учун рағбатлантирувчи тарғибот ишларини олиб боришаётганликлари айтилмоқда.

Азиз юртдошлар!
Сизни ўз таклифлари (айтайлик нарса буюмлар, ичимликлар, маълум миқдордаги пул ва бошқа маҳсулотлар) билан қизиқтирган ҳолда СМС-код орқали бошқа маҳаллаларга овоз тўплашга уринишса, асло рози бўлманг! Сабаби, бу СМС-кодли овоз биринчи навбатда ўзингиз яшаб турган маҳаллангиз ҳудудини обод қилишга, тиббиёт, мактаб ва боғчаларни, кўчангиз ва йўлларни таъмирлаш учун зарур эканлигини унутманг! Маҳаллангиз ободлигига қўшаётган ҳиссангиз ҳам Ватанпарварликдир — бу шунчаки баландпарвоз гаплар эмас (яқинларга улашинг!)

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
1.2K views10, edited  07:13
Ochish/sharhlash
2023-03-26 06:54:03
"Yangilanayotgan Konstitutsiya – mamlakatimizni yana-da taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir" - Otabek Xolmatov, Boyovut tumani Adliya bo‘limi rahbari.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
1.4K views10, 03:54
Ochish/sharhlash
2023-03-26 01:49:57
Рамазоннинг ҳар кечасида Аллоҳ таоло дўзахдан озод қилиш учун бандаларини танлайди.

Аллоҳим! Менинг исмимни, ота-онамнинг исмларини, аҳли аёлим, дўстларим ва буни ўқиётган барчанинг исмини дўзахдан озод бўлганлар рўйхатида қилгин

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
2.6K views10, 22:49
Ochish/sharhlash
2023-03-25 15:59:25
Mahalla yoshlari oʻrtasida “Besh tashabbus” olimpiadasiga start berilmoqda!

Joriy yilning aprel, may, iyun oylarida “Yoshlar raqs festivali” tanlovi, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan gimnastrada, quvnoq startlar, yengil atletika, mini-futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, futbol,stritbol, workout boʻyicha respublika sport musobaqalari "Yoshlar kubogi" kibersport musobaqalari hamda ilk marotaba yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik, qandolatchilik, hunarmandchilik tanlovlari oʻtkaziladi!

Arizalar beshtashabbus.uz sayti orqali qabul qilinmoqda O'z iqtidor va iste’dodingizni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat!

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
1.7K viewsShoimqulov Rustambek (Boyovut t), edited  12:59
Ochish/sharhlash
2023-03-25 11:31:21 Rossiya Davlat Universitetlarida BEPUL O'qish uchun qabul!

DIQQAT! Top-1000 universitetlar qabuli
Bu universitet bitiruvchilari diplomi butun dunyoda to’g’ridan to’g’ri qabul qilinishi va oylik maoshlariga 22,5 mln so’mgacha ustama haq to’lanishi haqida bilarmidingiz?

4 yil BEPUL Ta’lim!
Xar oylik stipendiya
O'zbekistonga Diplom o'tadi!
Xaftasiga 20 soat Ishlash Imkoniyati
Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari mavjud.

Yo'nalishlar:
— Iqtisodiyot
— Pedagogika
— IT
— Aviasozlik
— Elektroenergetika
— Neftegaz
va 20 dan ortiq boshqa yo'nalishlar!

TOSHKENT:
91 005 66 07 | 90 007 66 07

Onlayn murojaat

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
300 viewsBoyovut admini, 08:31
Ochish/sharhlash
2023-03-25 10:25:55
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” faol ravishda o'tkazilmoqda

Boyovut va Oqoltin tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda tumanlarda joylashgan bozorlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda do‘konlarda aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq noxush holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat tekshiruvlarini olib borishmoqda. Tadbirlarda sifatsiz va isteʼmolga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar to‘g‘risida tadbirkorlar va isteʼmolchilar yo‘riqnomadan o‘tkazilmoqdalar.

Shuningdek, veterinariya xizmati tomonidan aholi, fermer xo‘jaliklari qaramog‘idagi qoramol, qo‘y va echki, it, parranda hamda boshqa turdagi hayvonlar veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilib kuydirgi, quturish kasalliklariga qarshi emlanishi taʼminlanmoqda.

Sirdaryo viloyati FVB

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
1.7K views007, 07:25
Ochish/sharhlash