Get Mystery Box with random crypto!

Umra ziyoratchilari kutib olindi O‘zbekiston Respublikasi pre | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Umra ziyoratchilari kutib olindi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan Umra safariga yo‘l olgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yurtdoshlarimiz bugun tongda o‘z vatanlariga qaytishdi.

Tabarruk joylarda gunohlardan pok bo‘lib, yurtimizga sog‘-omon qaytgan vatandoshlarimizdan hol-ahvol so‘rash, ziyorat taasurotlarini bilish maqsadida Boyovut tumanining sektor rahbarlari ziyoratchilar bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida o‘zlarining ibratli fazilatlari, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki bilan barchaga namuna bo‘lib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, maʼnaviyatli, maʼrifatli, ota-onasiga, yurtiga xizmat qiladigan sodiq, solih farzandlar bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shishlari taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: @Boyovut_Live