Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ ' Bobo quyosh ' Osmonimiz bag‘rida, Non kabi shirmoy | Болажон шеърлари

​​​​ " Bobo quyosh "

Osmonimiz bag‘rida,
Non kabi shirmoy.
Bobo quyosh yashaydi,
Hamrohidir oy.

Kunduzlari yo‘limiz,
Yoritar nuri.
Issiq tafti insonning,
Ko‘ngil huzuri.

Ayamaydi mehrini ,
Aslo bizlardan .
Sho‘x-shodon hamda quvnoq,
O‘g‘il - qizlardan.

Qish kelsa izg‘irindan,
Asraydi biroz.
Tanimiz qizdiradi,
Kelganida yoz.

Zaminda giyoh unar ,
Uning mehridan,
Hosillar xirmon bo‘lar,
Ajib sehridan.

Navoiy viloyati Navbahor tumani 6-MTT tarbiyachisi Beknazarova Baxmaloy

@Bolajonlarga_sherlar