Get Mystery Box with random crypto!

​​ ‍BOLAM! ‍ Ulg'ayib sen bek bo'lgin. Elimga xizmat qilgin. | Болажон шеърлари

​​ ‍BOLAM! ‍

Ulg'ayib sen bek bo'lgin.
Elimga xizmat qilgin.
Ota-onang orzu qilgan,
Oqil farzand bo'lgin.

Yurtingga yov kelsa ham
Tashlab ketma elingni.
Dushmanga taslim bo'lib
Tez ko'tarma qo'lingni.

Sarbonimiz ulug' yo'lga ,
Xalqin adl boshlaydi.
Bolajonim ergashmagan,
Doim boshin qashlaydi.

Boshlangan yo'l ,ulug' yo'l.
Jasur bo'lgin bolajon.
Dono bo'lgin o'qigin mo'l
Qoqilmagin bolajon.


Baxtiyor
Abduraim
Surxondaryo viloyati
Sherobod tumani
18-maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi.


@Bolajonlarga_sherlar