Get Mystery Box with random crypto!

BOLAJONLAR UCHUN

Telegram kanalining logotibi bolajon_sherlar — BOLAJONLAR UCHUN B
Telegram kanalining logotibi bolajon_sherlar — BOLAJONLAR UCHUN
Kanal manzili: @bolajon_sherlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 193
Kanalning ta’rifi

📖Bolajonlar uchun eng sara she'rlar kanali
Kanalimizda:
✅Eng sara rus va o'zbek she'rlari;
✅Eng ajoyib ertaklar;
✅Maktab o'quvchilari uchun qiziqarli materiallar topishingiz mumkin
🥰Admin @Gulnora_Abdurashidovna90
💰Reklama uchun @Gulnora90_bot
02.09.

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 20

2021-02-17 07:11:19 Asom ZIYOMAT
GULBAHOR
Tomchi tomar
Tarnovlardan —
Tiq, tiq, tiq:
— Kun ilidi,
Sojida qiz,
Chiq, chiq, chiq.
Shamol kelib
Eshik qoqar —
Taq, taq, taq :Bahor keldi,
Sojida qiz,
Boq, boq, boq...
3.7K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-02-17 07:11:19 BAHOR
Unga belandi dunyo,
Qor yoqqanda bo'ralab.
Olam uxlaydi go'yo,
Oq choponga o'ralib.
Go'zal bahor kelganda
Qishning ko'rpasin otdi.
Uyqudagi olamni
Kulib-kulib uyg'otdi.
3.8K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-02-17 07:11:19 BESHIKTERYATAR
£ uncha nimjonsan, Beshiktervatar? —
deyishdi Beshiktervatarga.
— Jussamga emas, ishimga qaranglar, — dedi u. —
Men hatto ilonga ham bas kela olaman.
Uning g'ayratiga balli, deyishdi.
3.5K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-02-17 07:11:19 BEDANA
u.amma qushlar, parrandalar in qurishib yashashar, Bedana esa: "Bedananing uyi yo'q, qayga borsa pitpildiq", — deb yallo qilib yurardi. Oxiri borib
tuzoqqa ilindi.
Kim ishyoqmas bo'lsa, holiga voy.
3.5K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-02-17 07:11:19 BEBOSH VARRAK
M .en xohlagan joyimda uchaman, hech kimga
bo'ysunmayman, — deb ipini uzib ketdi baland osmonga
uchirilgan Varrak. Lekin o'sha zahotiyoq chirpirak bo'lib
yiqilib tushdi.
O'zboshimchalikning oqibati shu-da!
3.5K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-02-17 07:11:19 TENTAKVOY QANDAY QILIB OYNI QUTQARDI?
Efiopiya xalq ertagi
ekan-u, yo'q ekan, bir qishloqda Tentakvoy yashar ekan. Bu qishloqning odamlari ham ancha sodda ekan. Bir kuni Tentakvoy suv olgani
quduqqa boribdi. Bir zumda atrofga qorong'i
cho'kibdi. Tentakvoy quduqqa qarasa, u yerda
Oy turganmish.
— S h o ' r i m i z qurib qoldi, y o r d a m
beringlar! — deb qichqiribdi u. — Oymoma
cho'kib ketyapti.
Qishloq odamlari yugurib kelishibdi. Ular
tezda quduqdagi bor suvni chelaklab tortib
olishmoqchi bo'lishib, ishga tushishibdi.
Qancha urinishsa ham, Oymomani tuta olishmabdi. Bir payt arqonga nimadir ilinib
qolibdi.
— Bu - Oymoma, boshqa narsa bo'lishi
mumkin emas, — debdi Tentakvoy. — Qani,
hammamiz bir tortaylik-chi!
Hamma bor kuchi bilan tortibdi, birdan arqon uzilib, ular chalqanchasiga
yerga yiqilishibdi. Tepaga qarashsa, Oymoma osmonda turgan emish.
— Ura, qutqardik! — deb qichqiribdi Tentakvoy. — Oymoma osmonga
chiqib olibdi. Oymoma bizga rahmat aytsin, biz harakat qilmaganimizda u bir
umr suvdan chiqa olmasdi.
3.5K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-02-17 07:11:19 ENG BOY XOLA
Olmon xalq ertagi
va ona o'rdak bolalarini yotqizib, endi hordiq chiqarmoqchi ekan,
eshik taqillab qolibdi. Ota o'rdak eshikni ochgan ekan, bashang kiyingan Boyvuchcha xolaga ko'zi tushibdi. Mehmon taklifni kutmayoq ichkariga kiribdi.
— Men bolalaringizdan bittasini so'rab keldim. Kambag'al bo'lsangiz ham,
bolalaringiz ko'p. Men boyman-u, ammo farzandim yo'q. Ulardan birini
bersangiz, hammamiz baxtli boiardik.
Ota o'rdak qaysisini bersak ekan, degandek ona o'rdakka qarab qo'yibdi.
— Bilmadim, — debdi ona ma'yus. — Bolalar uxlab yotibdi, ko'raylik-chi.
Ota o'rdak fonar yoqib, ona o'rdak bilan yuqori qavatga ko'tarilibdi.
— To'ng'ich o'giimizni tanlaymizmi? — debdi ota o'rdak.
— Yo'g'-e, to'ng'ichimiz siz bilan yer chopadi-ku. Keyingi karovatda katta
qizimiz yotibdi. O'shani bera qolaylik.
— U senga uy ishlarida yordam berib turibdi.
Ota-ona navbatdagi karovatga qarashibdi.
U yerda qizlari pishillab uxlab yotgan ekan. Ularni ham bergilari kelmabdi.
Kichkintoy judayam chiroyli ekan-da.
— Kenja o'g'limizni beramizmi?
— E, yo'q, — debdi ona o'rdak. — Uni ham bera olmaymiz. Axir, asaltoyimiz
hammamizdan ham yaxshi suzadi.
Ular burchakdagi karovatga qarashibdi. U erda Diki Di yotgan ekan.
Diki qanotlari orasidan boshini chiqarib mo'ralab-mo'ralab qo'yibdi.
Ona o'rdak esa ko'rpasini to'g'rilab, ustiga yopibdi. Ular Diki Dini ham
tanlay olishmabdi. Boy xolaning oldiga tushib, farzandlaridan birontasini ham
bera olmasliklarini aytishibdi. Boy xola g'alati bo'lib ketibdi. Umrida birinchi
marta uyi to'la boyligi, zeb-u ziynati tatimay qolibdi. Birozdan keyin ona
o'rdakning yoniga o'tiribdi-da, yirtiq-chirtiqni birgalikda yamashga tushibdi.
3.5K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-02-17 07:11:19 OLMAXON
Qozoq xalq ertagi
lmaxon paxmoq dumini likillatib, shoxdan-shoxga sakrab, o'ynab yurgan
ekan, birdan daraxt soyasida uxlab yotgan bo'rining ustiga tushib ketibdi. Bo'ri
shu zahotiyoq olmaxonni tutib olibdi.
— Iltimos, meni o ' l d i r m a , q o ' y i b
yubor, — deb yalinibdi olmaxon.
— Mayli, faqat savolimga javob ber: Nima
uchun sizlar doim quvnoq va beg'amsizlar? -
debdi unga bo'ri.
— Oldin qo'yvor, keyin savolingga javob
beraman. Hozir qo'rqqanimdan yuragim
yorilib ketay deyapti-yu, tilimga so'z keladimi, — debdi unga javoban olmaxon.
Bo'ri olmaxonni bo'shatibdi.U lip etib daraxt shoxiga chiqib olibdi va o'sha yerdan turib:
— Sen doim yomonlikni o'ylaganing uchun
jahldorsan. Biz esa hech kimga yovuzlik qilmaymiz, shuning uchun doimo quvnoq va baxtiyormiz, — debdi bo'rining
savoliga javoban olmaxon.
3.5K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-02-17 07:11:19 ALISHER BILAN BULBUL
Xlgari zamonda G'iyosiddin kichkina degan odamning Alisher degan o'g'li
boigan ekan. Bola yoshligidan uddaburon, ziyrak bo'lib o'sibdi. U to'qqiz
yoshga to'lganda she'rlar yoza boshlabdi. Odamlar u yozgan she'rlarni quloq
berib tinglaydigan bo'lishibdi.
Alisher bir kuni bog'ga chiqib yangi yozgan she'rlarini o'qiy boshlabdi.
Yosh kuychining qo'ng'iroqday jarangdor, tong shamoliday mayin ovozi
qirqog'aynining shoxida o'tirgan bulbulni ham o'ziga maftun etibdi. Qushcha
Alisherning yelkasiga qo'nibdi-da:
— Ey, xushovoz shoir, sen o'qigan she'r bulbullarning erta tongdagi navosidan ham yoqimli ekan. Ismingni bilsam bo'ladimi? — debdi.
Men Alisherman! — javob beribdi u.
— Bildim, bildim, sen shoir ekansan. Endi o'zingga chiroyli bir taxallus
tanlab ol, — debdi.
Alisherga bulbulning "navo" degan so'zi yoqib qolibdi. Shundan keyin o'z
g'azallarining qatiga "Navoiy" deb yozadigan bo'libdi.
3.6K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-02-17 07:10:50
#HAPPY_GIRL
#БАХОРГА #СУПЕРСКИДКА #АРЗОНЛАШДИ
ОНЛАЙИН УЙДА ЧИҚМАГАН ХОЛДА ЗЎР КЕЛДИ
ФОСФОРЛИ D3 D5
ВИЛЮР
САТИН
Х/Б
. БАМБУК
ХАММАСИ НАЛИЧИДА
24/7 САОТ ДАСТАВКА БОР
ЭНГ АРЗОН ПАСТЕЛНИ ХАМ РАНГИ ЧИКМИЙДИ....
НАРХЛАР ПАСТЕЛЛАРГА КАРАБ
#НАРХИ ЭНГ АРЗОНИ 90-МИНГ
КИРИБ КЎРИШ #БЕПУЛ
ҚАНИ УНДА САВДОГА
БАРАКА
https://t.me/joinchat/AAAAAEuZ1yHxMe2T0EJMLg
ДУКОНГА КЕЛИБ ОЛГАНГА СКИДКА БОР #ШОШИЛИНГ
2.6K views04:10
Ochish/sharhlash