Get Mystery Box with random crypto!

TENTAKVOY QANDAY QILIB OYNI QUTQARDI? Efiopiya xalq ertagi eka | BOLAJONLAR UCHUN

TENTAKVOY QANDAY QILIB OYNI QUTQARDI?
Efiopiya xalq ertagi
ekan-u, yo'q ekan, bir qishloqda Tentakvoy yashar ekan. Bu qishloqning odamlari ham ancha sodda ekan. Bir kuni Tentakvoy suv olgani
quduqqa boribdi. Bir zumda atrofga qorong'i
cho'kibdi. Tentakvoy quduqqa qarasa, u yerda
Oy turganmish.
— S h o ' r i m i z qurib qoldi, y o r d a m
beringlar! — deb qichqiribdi u. — Oymoma
cho'kib ketyapti.
Qishloq odamlari yugurib kelishibdi. Ular
tezda quduqdagi bor suvni chelaklab tortib
olishmoqchi bo'lishib, ishga tushishibdi.
Qancha urinishsa ham, Oymomani tuta olishmabdi. Bir payt arqonga nimadir ilinib
qolibdi.
— Bu - Oymoma, boshqa narsa bo'lishi
mumkin emas, — debdi Tentakvoy. — Qani,
hammamiz bir tortaylik-chi!
Hamma bor kuchi bilan tortibdi, birdan arqon uzilib, ular chalqanchasiga
yerga yiqilishibdi. Tepaga qarashsa, Oymoma osmonda turgan emish.
— Ura, qutqardik! — deb qichqiribdi Tentakvoy. — Oymoma osmonga
chiqib olibdi. Oymoma bizga rahmat aytsin, biz harakat qilmaganimizda u bir
umr suvdan chiqa olmasdi.