Get Mystery Box with random crypto!

OLMAXON Qozoq xalq ertagi lmaxon paxmoq dumini likillatib, sho | BOLAJONLAR UCHUN

OLMAXON
Qozoq xalq ertagi
lmaxon paxmoq dumini likillatib, shoxdan-shoxga sakrab, o'ynab yurgan
ekan, birdan daraxt soyasida uxlab yotgan bo'rining ustiga tushib ketibdi. Bo'ri
shu zahotiyoq olmaxonni tutib olibdi.
— Iltimos, meni o ' l d i r m a , q o ' y i b
yubor, — deb yalinibdi olmaxon.
— Mayli, faqat savolimga javob ber: Nima
uchun sizlar doim quvnoq va beg'amsizlar? -
debdi unga bo'ri.
— Oldin qo'yvor, keyin savolingga javob
beraman. Hozir qo'rqqanimdan yuragim
yorilib ketay deyapti-yu, tilimga so'z keladimi, — debdi unga javoban olmaxon.
Bo'ri olmaxonni bo'shatibdi.U lip etib daraxt shoxiga chiqib olibdi va o'sha yerdan turib:
— Sen doim yomonlikni o'ylaganing uchun
jahldorsan. Biz esa hech kimga yovuzlik qilmaymiz, shuning uchun doimo quvnoq va baxtiyormiz, — debdi bo'rining
savoliga javoban olmaxon.