Get Mystery Box with random crypto!

ALISHER BILAN BULBUL Xlgari zamonda G'iyosiddin kichkina degan | BOLAJONLAR UCHUN

ALISHER BILAN BULBUL
Xlgari zamonda G'iyosiddin kichkina degan odamning Alisher degan o'g'li
boigan ekan. Bola yoshligidan uddaburon, ziyrak bo'lib o'sibdi. U to'qqiz
yoshga to'lganda she'rlar yoza boshlabdi. Odamlar u yozgan she'rlarni quloq
berib tinglaydigan bo'lishibdi.
Alisher bir kuni bog'ga chiqib yangi yozgan she'rlarini o'qiy boshlabdi.
Yosh kuychining qo'ng'iroqday jarangdor, tong shamoliday mayin ovozi
qirqog'aynining shoxida o'tirgan bulbulni ham o'ziga maftun etibdi. Qushcha
Alisherning yelkasiga qo'nibdi-da:
— Ey, xushovoz shoir, sen o'qigan she'r bulbullarning erta tongdagi navosidan ham yoqimli ekan. Ismingni bilsam bo'ladimi? — debdi.
Men Alisherman! — javob beribdi u.
— Bildim, bildim, sen shoir ekansan. Endi o'zingga chiroyli bir taxallus
tanlab ol, — debdi.
Alisherga bulbulning "navo" degan so'zi yoqib qolibdi. Shundan keyin o'z
g'azallarining qatiga "Navoiy" deb yozadigan bo'libdi.