Get Mystery Box with random crypto!

Jasur Normurod o‘g‘li blogi

Telegram kanalining logotibi blog_of_jasur — Jasur Normurod o‘g‘li blogi J
Telegram kanalining logotibi blog_of_jasur — Jasur Normurod o‘g‘li blogi
Kanal manzili: @blog_of_jasur
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 59
Kanalning ta’rifi

Maqsadimiz: fikrlashni uyg‘otish va asosiysi, agar manfaatli biror narsa yozsak, kimdir o‘qib foyda olsa yoki kimningdir to‘g‘ri yo‘lga yurishiga sababchi bo‘lsak!.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-22 16:33:20 Yoshligini, sog‘ligini, umrini pul topishga sarflab, qariganda manashu pullari bilan sog‘likka erishadigan odam-oqil emas!
Aksincha, yoshligini, sog‘ligini va hamma narsasini sarflab, Allohni rozichiligiga erishgan odam-oqildir!

maruzalardan xulosalar

@blog_of_Jasur
69 views13:33
Ochish/sharhlash
2023-03-21 21:34:55
Муфтий ҳазрат: Рамазон ойи 2023 йил 23 март кунидан бошланади

Ҳазрати Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг “Янги ойни кўриб рўза тутинглар ва янги ойни кўриб ҳайит қилинглар”, деган ҳадиси шарифларига мувофиқ, Ўзбекистон мусулмонлари идораси томонидан тузилган Рамазон ҳилолини кузатиш бўйича ишчи гуруҳ томонидан диёримизнинг бир қатор ҳудудларидаги минтақаларда янги ойни кузатиш ишлари амалга оширилди.

Хусусан, Муфтий Нуриддин домла ҳазратлари бошчилигидаги бир гуруҳ уламолар Тошкент вилояти ҳудудида Рамазон ҳилолини кузатиш жараёнида иштирок этдилар.

Youtube | Tas-ix | Facebook | Instagram

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
63 views18:34
Ochish/sharhlash
2023-03-21 05:40:11 #zehn

Alloh taolo zehnni kimgadir oz kimgadir ko‘p qilib, rizq qilib beradi. Kimdir nimanidir bir o‘qiganda yodlab oladi, yana kimdir o‘n marta o‘qisa ham kallasiga kirmaydi. Endi zehni o‘tkir bo‘lgan tolibi ilm, zehni sayozroq bo‘lgan tolibi ilmni ustidan kulmasin, uni kamsitmasin. Chunki, Alloh taolo birini o‘tkir zehn berib qo‘yib sinadi, boshqasiga bu zehnni bermasdan sinadi!

@blog_of_Jasur
61 viewsedited  02:40
Ochish/sharhlash
2023-03-20 18:32:11 "Din olimlarini yomon ko‘rishlik nifoq, ularni masxara qilishlik kufr",-deydi ulamolar!

maruzalardan

Hozirgi kunda, imomlarni masxara qiladigan, ularga malomat toshlarini otadigan, haqni gapirmaslikda ayblaydiganlar ko‘payib bormoqda, Alloh saqlasin!
Ulamolarni masxara qilishning zarari birinchi navbatda, o‘sha odamning o‘ziga zarar: og‘ir gunohkor bo‘ladi, odamlardan ajralib qoladi, uning zuriyotidan olim-u fuzololar chiqmaydi va hakozo.
Ikkinchidan musulmonlarni tarafkashlik qilishiga yoki ularning bo‘linishiga sababchi bo‘ladi!

Birodar, siz hali dindan hech qanday xabariz bo‘lmay turib, hali 50-100 ta kitob o‘qimay turib, Alloh taolo O‘z fazli bilan ilm bergan kishini yomonlaysizmi! O‘tgan ota-bobolarimiz bu ishni qilmagan, siz qilasizmi bu ishni!? Avvalgilar bir domladan bir masala bo‘yicha hukmni aytsa, " hop bo‘ladi" deb bo‘yin so‘ngan. Siz bo‘lsa, qaysidir domla shariat hukmini aytsa, burnizni jiyirasiz, o‘zingining qarshi fikringizni aytasiz. "To‘g‘rikuya, endi vaziyat boshqachada" mish.
Nima endi, domla minbarga chiqib, siz xohlagan gaplarni aytsinmi? Svetdan, gazdan gapirsinmi?
Masjid minbari shariat hukmlari haqida, odob-axloq haqida gapiriladigan, odamlarga amru ma'ruf-naxyi munkar qilinadigan joy.

Yana shunday odamlar bor, siz bir maruzani eshitib, oq-u qorani tanib, manfaat olib o‘tirasiz. U bo‘lsa, poylaydi, domla sal noto‘g‘ri gapirib qo‘ysa(u uchun noto‘g‘ri), tamom, boshdan oyoq u kishini yomonlab chiqadi. Aytgan gaplaridan xato qidirib o‘tiradi. Shunaqa odam bilan bo‘lib qolsang, ko‘ngling aynib ketadi!

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning rivoyatlarida, Tabuk g‘azotida bir odam "anavi qorilarimizga o‘xshagan qorni kattasini, tili yo‘g‘onini, dushmanga yo‘liqganda qo‘rqoqrog‘ini ko‘rmadik" degan mazmundagi masxaromus so‘z aytdi. Uni eshitgan bir sahoba " bataxqiq sen yolg‘on so‘z aytding, sen munofiqsan, seni bu aytgan so‘zingni Rasulullohga yetkazaman",- dedi. Abdulloh ibn Umar aytadilar "Men o‘sha odamni ko‘rdim. Rasulullohning tuyalari jabdug‘iga osilib olib, surunib, toshlarga qoqilib, " Yo Rasululloh, biz faqat gapga qiziqib ketib, bu gapni aytib yubordik", deb zorlandi. Rasululloh sollallohu alayhi vassallam esa ushbu oyatni tilovat qildilar, "Sen Allohni, Uning oyatlarini va Rasulini mazax qilayotgan edingmi!?... Uzur aytmanglar! Bataxqiq, imoningizdan keyin kufr keltirdingiz!"
Bir qorini mazax qilganligi uchun Alloh taolo "imondan keyin kufr keltirdingiz" demoqda!
Endi butun bir jamoaga manfaati tegib turgan, maruzalari bilan ko‘pchilikni to‘g‘ri yo‘lga solib turgan imom domlalarimizni mazax qilishlik, naqadar og‘ir gunoh bu!

maruzalardan mulohazalar

Alloh o‘zi tavfiq bersin! O‘zi to‘g‘ri yo‘lga boshlasin!

@blog_of_Jasur
68 viewsedited  15:32
Ochish/sharhlash
2023-03-19 14:37:31 Bizni qadrimizga yetgan kishilar bilan birga bo‘laylik!

Abdulloh domla

@blog_of_Jasur
63 views11:37
Ochish/sharhlash
2023-03-18 13:03:48 Bu kitob haqida bir qancha taasurot va mulohazalarimizni yozmoqchi edik!

Kitobni o‘qiganda birinchi hayolimga kelgan fikr, "oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q" bo‘ldi. Nimaga? Biz bechoralarni Alloh fazli bilan musulmon davlatida, musulmon oilada yaratdi, alhamdulillah!
Biz uchun bu oddiy hol dek bo‘lib qolgan, dinimizni ko‘pam qadriga yetmaymiz, afsus! Aslida bu buyuk fazldir! Asli inson qanaqa? Ne'matni qadrini shu ne'mat zavol topganda yoki shu ne'matga avval ega bo‘lmay turib, keyin erishsa, shundagina biladi! Shuning uchun keyin iymon ne'matini totgan kishilar bizdanda ko‘ra Islom haqida teran fikrga ega va Islomga ko‘proq amal qiladigan bo‘ladi!

Alloh taolo bandalarini hammasi musulmon bo‘lishini xohlaydi lekin bu tanlovni bandalarni o‘ziga qo‘yib bergan! Kim Alloh tomonga qarab yursa, shunda Alloh hidoyat nurini beradi! Demak, tanlash imkoni o‘z qo‘limizda! Islomdan yiroq odamlarni jahannamda azoblanishligi, Alloh taoloning adolatidan!
Alloh bizlarga rahm qilsin!

Shu paytgacha davatchilar qilgan davatlari ichida eng natijasi oliy bo‘lgani bu-o‘zlarining go‘zal xulqlari bilan o‘rnak bo‘lib, davat qilganliklari! G‘arb mamlakatlarida Islomga qarshi olib boriladigan harakatlar asosan Islom dinini qoralashlik, musulmonlarni buzg‘unchi g‘oyali deb tasvirlash, ayollarga zulm qilishlikda va yana musulmonlarni xotinbozlikda ayblash, bundan tashqari yana bir qancha ayblovlarni qo‘yishdan iborat!
Shunday bo‘lsada, bunday bo‘ladigan qarshiliklar g‘ayridinlarning Islomni chuqurroq o‘rganishlikka sabab bo‘lmoqda. Buni evaziga juda ko‘plari shaxodat keltirmoqda, alhamdulillah!

Agar Alloh taolo bandasini yaxshilik sari yo‘llamoqchi bo‘lsa, uning tushida yoki o‘ngida bildirishligi. Bu bashoratli solih tushlarning ko‘p bo‘lishligi, qalbini keng qilib qo‘yishligi, nimaga yaralganligi haqida ko‘p fikr yuritadigan qilib qo‘yishi, boshiga bir musibat tushishligi va h.k lar bilan bo‘ladi!

Yana mulohazalar bor, yozamiz desak cho‘zilib ketadi. Nasib qilsa, keyinroq fikrlarni ulashamiz!

@blog_of_Jasur
65 views10:03
Ochish/sharhlash
2023-03-17 21:36:11
Hey channel welcome to my guys
@blog_of_Jasur
63 views18:36
Ochish/sharhlash
2023-03-17 19:48:44 #qiyos

Uylanish yoki turmushaga chiqish arafasidagi yoshlar nomzot tanlashda o‘zlarining o‘lchov-talablarini qo‘yishadi. Masalan, men dindorini xohlasam o‘zim ham dindor bo‘lishim kerak. Ilmlisini xohlasam ilmli yoki qoriyasini xohlasam o‘zim ham qori bo‘lishim kerak. Bu aqlan to‘g‘ri narsa.
Endi, anchadan beri bir savol qiynar edi, ya'ni men shariat asosida, risoladagidek kiyinganini xohlasam, o‘zimda qanday hislatni shakllantirishim kerak? Agar gap kiyinish haqida bo‘lsa, deyarli 90% erkaklar avratlarini yopib yurishadiku!? Demak, gap bunda emas.
Boshidan kelamiz. Inson shariat ko‘rsatmalariga amal qilishligi uchun unda taqvo va hayo bo‘lishligi kerak!
Ayollarning satr-avratda yurishliklari ham shariat ko‘rsatmasi. Ularning qay darajada kiyinishlari ularning qilayotgan taqvolariga bog‘liq! Demak, ularning satr-avratlarini bizdagi taqvoga qiyoslaymiz. Biz qancha taqvoda mustaqim bo‘lsak, o‘zimizga yarasha taqvo qiladigani uchraydi!

Bu yana o‘sha chalkash fikrlardan!

@blog_of_Jasur
99 views16:48
Ochish/sharhlash
2023-03-17 08:52:20 Alloh taolo mo‘minlarni tanlab oldi. Shuncha bandalari orasidan aynan ularni musulmonlardan qildi. Bu bilan Alloh bizlarni aziz qildi, alhamdulillah!
Endi, Aziz Allohning aziz bo‘lgan bandalari o‘zlarini o‘zlari yoki boshqa birodarlarini xor qilishlari Allohga hush kelmaydigan ishlardandir.
Ko‘p hollarda, kishilar boylar oldida, zo‘ravonlar oldida yoki mansabdorlar oldida o‘zlarini xor tutib, bosh egib turishadi. Xorligini harakatlari, so‘zlari bilan namoyon qilishadi.
Ey musulmon birodarim! O‘zingizning izzat nafsingizni yerga urmang! Sizga kibr-u havo bilan muomala qilgan boylar, zo‘ravonlar bilan o‘zlariga yarasha muomala qilishligingiz, bu kibr emas, ularga sadaqadir! Til yoqlamalik qilmang!
Boylar oldida xor bo‘lib turmasangiz ham Alloh rizqingizni yetkazadi!
Taqdiringizda musht yeyishlik yozilgan ekan, shaningizni himoya qilasangiz ham, xor bo‘lib tursangiz ham yeysiz!
Qandaydir mansabga erishishligingiz yoki ishdan bo‘shab ketishligingiz taqdiringizda bor ekan, havotirlanmang, o‘zingizni qay holda tutsangiz ham bu ish sodir bo‘ladi!
Payg‘ambarimiz alayhissalom: "kim boyni oldida, boyligi uchun, o‘zini xor tutib tursa, dinini uchdan ikkisi ketdi",-deganlar.

maruzalardan mulohazalar

Qolgan mulohazalar o‘zingizga havola!

@blog_of_Jasur
63 views05:52
Ochish/sharhlash