Get Mystery Box with random crypto!

#qiyos Uylanish yoki turmushaga chiqish arafasidagi yoshlar n | Jasur Normurod o‘g‘li blogi

#qiyos

Uylanish yoki turmushaga chiqish arafasidagi yoshlar nomzot tanlashda o‘zlarining o‘lchov-talablarini qo‘yishadi. Masalan, men dindorini xohlasam o‘zim ham dindor bo‘lishim kerak. Ilmlisini xohlasam ilmli yoki qoriyasini xohlasam o‘zim ham qori bo‘lishim kerak. Bu aqlan to‘g‘ri narsa.
Endi, anchadan beri bir savol qiynar edi, ya'ni men shariat asosida, risoladagidek kiyinganini xohlasam, o‘zimda qanday hislatni shakllantirishim kerak? Agar gap kiyinish haqida bo‘lsa, deyarli 90% erkaklar avratlarini yopib yurishadiku!? Demak, gap bunda emas.
Boshidan kelamiz. Inson shariat ko‘rsatmalariga amal qilishligi uchun unda taqvo va hayo bo‘lishligi kerak!
Ayollarning satr-avratda yurishliklari ham shariat ko‘rsatmasi. Ularning qay darajada kiyinishlari ularning qilayotgan taqvolariga bog‘liq! Demak, ularning satr-avratlarini bizdagi taqvoga qiyoslaymiz. Biz qancha taqvoda mustaqim bo‘lsak, o‘zimizga yarasha taqvo qiladigani uchraydi!

Bu yana o‘sha chalkash fikrlardan!

@blog_of_Jasur