Get Mystery Box with random crypto!

'Din olimlarini yomon ko‘rishlik nifoq, ularni masxara qilishl | Jasur Normurod o‘g‘li blogi

"Din olimlarini yomon ko‘rishlik nifoq, ularni masxara qilishlik kufr",-deydi ulamolar!

maruzalardan

Hozirgi kunda, imomlarni masxara qiladigan, ularga malomat toshlarini otadigan, haqni gapirmaslikda ayblaydiganlar ko‘payib bormoqda, Alloh saqlasin!
Ulamolarni masxara qilishning zarari birinchi navbatda, o‘sha odamning o‘ziga zarar: og‘ir gunohkor bo‘ladi, odamlardan ajralib qoladi, uning zuriyotidan olim-u fuzololar chiqmaydi va hakozo.
Ikkinchidan musulmonlarni tarafkashlik qilishiga yoki ularning bo‘linishiga sababchi bo‘ladi!

Birodar, siz hali dindan hech qanday xabariz bo‘lmay turib, hali 50-100 ta kitob o‘qimay turib, Alloh taolo O‘z fazli bilan ilm bergan kishini yomonlaysizmi! O‘tgan ota-bobolarimiz bu ishni qilmagan, siz qilasizmi bu ishni!? Avvalgilar bir domladan bir masala bo‘yicha hukmni aytsa, " hop bo‘ladi" deb bo‘yin so‘ngan. Siz bo‘lsa, qaysidir domla shariat hukmini aytsa, burnizni jiyirasiz, o‘zingining qarshi fikringizni aytasiz. "To‘g‘rikuya, endi vaziyat boshqachada" mish.
Nima endi, domla minbarga chiqib, siz xohlagan gaplarni aytsinmi? Svetdan, gazdan gapirsinmi?
Masjid minbari shariat hukmlari haqida, odob-axloq haqida gapiriladigan, odamlarga amru ma'ruf-naxyi munkar qilinadigan joy.

Yana shunday odamlar bor, siz bir maruzani eshitib, oq-u qorani tanib, manfaat olib o‘tirasiz. U bo‘lsa, poylaydi, domla sal noto‘g‘ri gapirib qo‘ysa(u uchun noto‘g‘ri), tamom, boshdan oyoq u kishini yomonlab chiqadi. Aytgan gaplaridan xato qidirib o‘tiradi. Shunaqa odam bilan bo‘lib qolsang, ko‘ngling aynib ketadi!

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning rivoyatlarida, Tabuk g‘azotida bir odam "anavi qorilarimizga o‘xshagan qorni kattasini, tili yo‘g‘onini, dushmanga yo‘liqganda qo‘rqoqrog‘ini ko‘rmadik" degan mazmundagi masxaromus so‘z aytdi. Uni eshitgan bir sahoba " bataxqiq sen yolg‘on so‘z aytding, sen munofiqsan, seni bu aytgan so‘zingni Rasulullohga yetkazaman",- dedi. Abdulloh ibn Umar aytadilar "Men o‘sha odamni ko‘rdim. Rasulullohning tuyalari jabdug‘iga osilib olib, surunib, toshlarga qoqilib, " Yo Rasululloh, biz faqat gapga qiziqib ketib, bu gapni aytib yubordik", deb zorlandi. Rasululloh sollallohu alayhi vassallam esa ushbu oyatni tilovat qildilar, "Sen Allohni, Uning oyatlarini va Rasulini mazax qilayotgan edingmi!?... Uzur aytmanglar! Bataxqiq, imoningizdan keyin kufr keltirdingiz!"
Bir qorini mazax qilganligi uchun Alloh taolo "imondan keyin kufr keltirdingiz" demoqda!
Endi butun bir jamoaga manfaati tegib turgan, maruzalari bilan ko‘pchilikni to‘g‘ri yo‘lga solib turgan imom domlalarimizni mazax qilishlik, naqadar og‘ir gunoh bu!

maruzalardan mulohazalar

Alloh o‘zi tavfiq bersin! O‘zi to‘g‘ri yo‘lga boshlasin!

@blog_of_Jasur