Get Mystery Box with random crypto!

Alloh taolo mo‘minlarni tanlab oldi. Shuncha bandalari orasida | Jasur Normurod o‘g‘li blogi

Alloh taolo mo‘minlarni tanlab oldi. Shuncha bandalari orasidan aynan ularni musulmonlardan qildi. Bu bilan Alloh bizlarni aziz qildi, alhamdulillah!
Endi, Aziz Allohning aziz bo‘lgan bandalari o‘zlarini o‘zlari yoki boshqa birodarlarini xor qilishlari Allohga hush kelmaydigan ishlardandir.
Ko‘p hollarda, kishilar boylar oldida, zo‘ravonlar oldida yoki mansabdorlar oldida o‘zlarini xor tutib, bosh egib turishadi. Xorligini harakatlari, so‘zlari bilan namoyon qilishadi.
Ey musulmon birodarim! O‘zingizning izzat nafsingizni yerga urmang! Sizga kibr-u havo bilan muomala qilgan boylar, zo‘ravonlar bilan o‘zlariga yarasha muomala qilishligingiz, bu kibr emas, ularga sadaqadir! Til yoqlamalik qilmang!
Boylar oldida xor bo‘lib turmasangiz ham Alloh rizqingizni yetkazadi!
Taqdiringizda musht yeyishlik yozilgan ekan, shaningizni himoya qilasangiz ham, xor bo‘lib tursangiz ham yeysiz!
Qandaydir mansabga erishishligingiz yoki ishdan bo‘shab ketishligingiz taqdiringizda bor ekan, havotirlanmang, o‘zingizni qay holda tutsangiz ham bu ish sodir bo‘ladi!
Payg‘ambarimiz alayhissalom: "kim boyni oldida, boyligi uchun, o‘zini xor tutib tursa, dinini uchdan ikkisi ketdi",-deganlar.

maruzalardan mulohazalar

Qolgan mulohazalar o‘zingizga havola!

@blog_of_Jasur