Get Mystery Box with random crypto!

Bu kitob haqida bir qancha taasurot va mulohazalarimizni yozmo | Jasur Normurod o‘g‘li blogi

Bu kitob haqida bir qancha taasurot va mulohazalarimizni yozmoqchi edik!

Kitobni o‘qiganda birinchi hayolimga kelgan fikr, "oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q" bo‘ldi. Nimaga? Biz bechoralarni Alloh fazli bilan musulmon davlatida, musulmon oilada yaratdi, alhamdulillah!
Biz uchun bu oddiy hol dek bo‘lib qolgan, dinimizni ko‘pam qadriga yetmaymiz, afsus! Aslida bu buyuk fazldir! Asli inson qanaqa? Ne'matni qadrini shu ne'mat zavol topganda yoki shu ne'matga avval ega bo‘lmay turib, keyin erishsa, shundagina biladi! Shuning uchun keyin iymon ne'matini totgan kishilar bizdanda ko‘ra Islom haqida teran fikrga ega va Islomga ko‘proq amal qiladigan bo‘ladi!

Alloh taolo bandalarini hammasi musulmon bo‘lishini xohlaydi lekin bu tanlovni bandalarni o‘ziga qo‘yib bergan! Kim Alloh tomonga qarab yursa, shunda Alloh hidoyat nurini beradi! Demak, tanlash imkoni o‘z qo‘limizda! Islomdan yiroq odamlarni jahannamda azoblanishligi, Alloh taoloning adolatidan!
Alloh bizlarga rahm qilsin!

Shu paytgacha davatchilar qilgan davatlari ichida eng natijasi oliy bo‘lgani bu-o‘zlarining go‘zal xulqlari bilan o‘rnak bo‘lib, davat qilganliklari! G‘arb mamlakatlarida Islomga qarshi olib boriladigan harakatlar asosan Islom dinini qoralashlik, musulmonlarni buzg‘unchi g‘oyali deb tasvirlash, ayollarga zulm qilishlikda va yana musulmonlarni xotinbozlikda ayblash, bundan tashqari yana bir qancha ayblovlarni qo‘yishdan iborat!
Shunday bo‘lsada, bunday bo‘ladigan qarshiliklar g‘ayridinlarning Islomni chuqurroq o‘rganishlikka sabab bo‘lmoqda. Buni evaziga juda ko‘plari shaxodat keltirmoqda, alhamdulillah!

Agar Alloh taolo bandasini yaxshilik sari yo‘llamoqchi bo‘lsa, uning tushida yoki o‘ngida bildirishligi. Bu bashoratli solih tushlarning ko‘p bo‘lishligi, qalbini keng qilib qo‘yishligi, nimaga yaralganligi haqida ko‘p fikr yuritadigan qilib qo‘yishi, boshiga bir musibat tushishligi va h.k lar bilan bo‘ladi!

Yana mulohazalar bor, yozamiz desak cho‘zilib ketadi. Nasib qilsa, keyinroq fikrlarni ulashamiz!

@blog_of_Jasur