Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47.54K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 50

2022-08-29 14:41:02
Attestatsiya uchun ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni @AttestatUz kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
2.9K views11:41
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:56:57
Attestatsiya uchun ariza topshirdingizmi?
Anonymous Poll
47%
Ha, ariza topshirdim
53%
Yo‘q, ariza topshirmadim
1.1K voters3.3K views06:56
Ochish/sharhlash
2022-08-28 17:11:02
Ushbu xabarni 2017-yil 27-oktyabrda kanalimga joylagan ekanman. O'sha vaqtdagi 1-stavka ish uchun o'qituvchi oyliklari

Taqqoslash uchun hozirgi paytdagi oyliklar:
Mutaxassis – 2 575 379 soʻm
Oliy toifa– 3 550 411 soʻm
Birinchi toifa – 3 212 840 soʻm
Ikkinchi toifa – 2 883 269 soʻm
Oʻrta maxsus ma’lumotli – 2 407 368 soʻm

Lekin go'sht narxi ham u paytlar 27-30 ming so'm bo'lgan ekan. Ho'sh o'qituvchilar oyligi qanchalik oshibdi?

@uzteachers
5.7K views14:11
Ochish/sharhlash
2022-08-28 08:09:36 HAZILGA O‘XSHASH XAQIQATLAR

DIREKTOR - bir qo'lida qamchi va bir qo'li bilan хodimlari boshini silab turguvchi jon kuyar rahbar.

ZAVUCH - dars o'tilmay qolsa, hech kimni ayamaydigan haqiqat noziri.

ZAM DIREKTOR - urmaydi, so'kmaydi, ammo vaziyatga ko'ra ish tutuvchi donolar donosi.

ХO‘JALIK MUDIRI - yalinmay ko'rchi, ja olasan naqd pulingni.

QOROVUL - ofarin, tinchlik posbonlari.

FARROSHLAR - siz borsizki, maktab sarishta.

KUTUBXOHACHI - devon bekasi.

PSIXOLOG - hali bir to'хtamga kelinmagan soha.

YETAKCHI - tekin ishchi.

O‘QITUVCHI - manaviyat va ma'rifat, ongu-tafakkurning Sulton va malikalari.

ISH REJA - har yili sanasi o‘zgartirilib qog‘ozga chiqariladigan matoh.

DARS TAHLILI - qo‘ldan-qo‘lga o'tib, oхir -oqibat yo'q bo'lib ketadigan daftar.

OCHIQ DARS - teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi.

DARS JADVALI - kelishuvga asosan tuziladigan bitim.

USTAMA - toshga sol, baxtingdan ko'r.

TEKSHIRUV - nogahon tushgan tarsaki.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
11.0K views05:09
Ochish/sharhlash
2022-08-25 13:02:31 REPETITOR, O'QUV MARKAZLARI, BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARI  VA SHOH SULAYMON HAQIDA

Yoshligimda Veneskiyni " Рассказы о металлах" degan asarini o'qiganman (va tavsiya qilaman).

SHunda shoh Sulaymon to'g'risida bir rivoyat keltiriladiki, qisqacha mazmuni shunday:
SHoh Sulaymon qasri kurib bitkazilgach, bazmu jamshid tashkil qilib, birinchi bo'lib, tosh teruvchi ustadan so'raydi: " Bu qasr qurilishiga kimning mexnati eng ko'p singgan?".
U esa " tabiiyki bizniki, biz toshlarni shunchalik qunt bilan termasak, qasr bo'larmidi?" deya javob qaytaradi.
Keyin esa shoh duradgorga yuzlanadi. Duradgor esa: " Agar biz taxtadan qasr shaklini qilib bermasak, tosh teruvchi shuncha ish qila olarmidi, albatta bizning mehnatimiz ilk o'rinda" deydi.
Uning gapini bo'lib, yer qazuvchi: " Agar biz fundament uchun yer qazib bermasak, ikkalangiz ham nima qila olardingizlar, biz asosiy mexnatni qilganmiz" deya e'tiroz bildiradi.
SHunda Sulaymon uchchalasiga ham yuzlanib: "Sizlarning ish qurollaringizni kim qilib bergan?" deya savol beradi. SHunda uchchalasi ham: " Albatta, temirchi!" deya javob beradi.
SHunda oqil Sulaymon: "Demak, bu qasrning qurilishiga aslida temirchi asosiy sababchi bo'lgan" deb xulosa qiladi.

Qissadan hissa shuki, bugun: " Men bolamni repetitorga berdim, o'quv markazida tayyorlanadi,maktab xech narsa bermadi" deganlarga yuzlanib, bolangizga qalam ushlashni o'rgatib, yozish, harf tanish, alifbodan saboq berib, ilmning ilk qadamiga tetapoya qilgan oddiy, lekin ulug' ustoz- boshlang'ich sinf ustozlarni unutmang demoqchiman! Ular repetitor emas, ular o'quv markazlari qurmaydi, lekin ular qasrlarning asl me'morlaridir.

Laziz Ho'jaqulov,
Xalq ta'limi vazirligi ta'lim sifati departamenti direktori


Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
9.7K views10:02
Ochish/sharhlash
2022-08-24 06:09:02 MAKTABLARDA FAN OYLIGI QUYIDAGICHA

Sentabr - Boshlang‘ich ta’lim

Oktabr - Ona tili va adabiyot

Noyabr - Rus va xorijiy tillar

Dekabr - Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix, huquq)

Yanvar - Tabiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya)

Fevral - Aniq fanlar (matematika va informatika)

Mart - Geografiya va iqtisodiyot

Aprel - Amaliy fanlar ( tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, texnalogiya)

May - Jismoniy tarbiya, ChQBT

Asos: Xalq Ta’limi Vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘i.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
12.8K views03:09
Ochish/sharhlash
2022-08-24 06:01:18 MAKTABLARDA METODIK KUNLAR QUYIDAGICHA

Dushanba -Aniq fanlar (matematika, informatika)

Seshanba - Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, rus tili)

Chorshanba - Tabiy fanlar ( fizika, kimyo, biologiya, geografiya va IBA)

Payshanba - Ijtimoiy fanlar ( tarix, huquq, tarbiya)

Juma - Xorijiy tillar

Shanba - Boshlang‘ich ta’lim, amaliy fanlar ( tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, texnalogiya, jismoniy tarbiya, ChQBT)

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
10.5K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-08-23 06:11:34 Xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xorijiy, xususiy), o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida hamda ularning filiallarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarning to‘lov-kontrakti uchun 14 foiz stavkada ta’lim krediti ajratiladi.

Ta’lim kreditining asosiy qarzini kredit oluvchi tomonidan ta’lim tashkilotida ta’limning tegishli turi bo‘yicha rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab, yetti yil davomida qaytariladi.

Mazkur ta’lim kreditining foiz to’lovlarini Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg’armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab beriladi. Ya’ni kreditning foizlarini talaba xotin-qizlar emas, jamg‘arma qoplab beradi, ta’lim krediti olgan xotin-qizlar esa asosiy qarzni qaytaradi, xolos.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
8.1K views03:11
Ochish/sharhlash
2022-08-21 19:19:10 Attestatsiya nizomi

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang!
8.5K views16:19
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:53:27 Jismoniy tarbiya fanidan
taqvim mavzu reja

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang!
9.4K views06:53
Ochish/sharhlash