Get Mystery Box with random crypto!

​Attestatsiya o'tvolsin Bolam deydi: Ko'ksomsa Yegim k | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Attestatsiya o'tvolsin

Bolam deydi: Ko'ksomsa
Yegim keldi onajon
Attestatsiya o'tvolsin
Qilib beray bolajon.

Onam deydi: Sog'indim
Kelmaysanmi qizginam?
Onajon duo qiling
Sog'inib ketdim men ham

Qo'shnim deydi: Bormisiz
Ko'rinmaysiz buncha ham
Attestatsiya o'tvolsin
Chiqarman ko'chaga ham.

Televizor ham ko'rish yo'q,
Dilga sig'mas navolar.
O'chakishib yomg'ir, qor
Ochilmaydi havolar.

Oshxonayu, hovli ham
Bo'lib ketdi betartib.
Men esa test ishlayman
Yoshlangan ko'zim artib.

Tushimda ham masala,
O'ngimda ham shu ahvol.
Telefonim tutab ketar,
O'zimchi undan battar.

Ne bo'lsa ham azizla
Attestatsiya o'tvolsin.
Hamma yetib murodga
Yetarli ballni olsin.

Bu kunlarni ajrini
Berar bir kun Ollohim.
Ustozjonlar barchaga
OMAD kulsin ilohim.

Barchaga ulashing. Attestatsiya testlarni tezkor berib boruvchi kanalga azo bo‘ling @AttestatUz