Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 45.32K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 47

2022-10-04 10:32:25
ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN ATTESTATSIYAGA ONLINE TAYYORLOV!!!

Darslar 0 dan boshlab, 5-sinfdan 11-sinfgacha darslik kitoblari asosida jonli videochat orqali olib boriladi va natija kafolatlanadi!!!

Siz bir oyda:

Attestatsiyadan yuqori ball;

Kasbiy rivojlanish;

Test yechish texnikasi;

Darsni tajribali mutaxassis,filolog MUSLIMA DARMONOVA olib boradi!

Dars vaqti: har kuni 19:00

Birinchi dars bepul.

Ro'yxatdan o'tish:
@mdarmonova

Ma'lumot uchun:
+998930639715

Telegram manzil:
@mdarmonova
4.0K views07:32
Ochish/sharhlash
2022-10-04 08:54:27 #diqqat

Toshkent shahri pedagoglari uchun 2022-yilning 2-yarmida o‘tkaziladigan attestatsiya jarayonlarining muddati maʼlum bo‘ldi @AttestatUz

Toshkent shahri pedagoglari uchun 2022-yilning 2-yarmida o‘tkaziladigan malaka (toifa) attestatsiyasi jarayonlari 12-oktyabrdan boshlab o‘tkaziladi.

Jarayonlar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi-21)da tashkil etiladi.

Ta'lim Inspeksiyasi

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
498 viewsedited  05:54
Ochish/sharhlash
2022-10-03 13:13:33 Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar 10-oktyabrgacha to‘lov qilishlari mumkin!

Xabaringiz bor, 2022-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiya uchun murojaat yuborish muddati 1-avgustdan 1-oktyabrgacha davom etdi.

Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglarning baʼzilari to‘lov qilishga ulgurmay qolishgani bo‘yicha inspeksiyaga murojaat qilishgan.

O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati 10-oktyabrgacha uzaytirilganligini maʼlum qilamiz.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
1.6K views10:13
Ochish/sharhlash
2022-10-02 06:26:47 O‘qituvchilar attestatsiyasi xorijda qanday?

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti masʼul xodimi Bektursun Murodqosimov bildirishicha, institut tomonidan xorijiy davlatlardagi o‘qituvchilar faoliyatini baholash bilan bog‘liq tartiblar o‘rganilganda quyidagilar aniqlangan:

Janubiy Koreya

O‘qituvchilar faoliyatini baholash “O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini baholash” tizimi asosida olib boriladi.

Ushbu tartib joriy etilgunga qadar o‘qituvchilar faoliyati faqat direktor tomonidan baholab kelingan bo‘lsa, yangi tizimga ko‘ra kamida uchta o‘qituvchi, maktab direktori va o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari baholash jarayonida ishtirok etishadi.

Baholovchilar o‘qituvchiga turli kompetensiyalar bo‘yicha 5 balli likert shkalasida ball qo‘yadi, bunda 1 ball eng past ball, 5 ball esa eng yuqori ball hisoblanadi.

Baholashda past ball olgan pedagoglar O‘qituvchilar malakasini oshirish muassasalarida 60 soatdan 210 soatgacha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak. Agarda ular keyingi yili o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilay olmasalar, olti oyga dars mashg‘ulotlaridan chetlashtiriladi va Taʼlim, fan va texnologiyalar milliy institutida 730 soatlik kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi .

AQSH

O‘qituvchilar faoliyatini baholash tartiblari shtatlar tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi. 31 ta shtatda o‘quvchilarning o‘qituvchi faoliyatiga bildirgan fikrlaridan asosiy baholash ko‘rsatkichlaridan biri sifatida foydalaniladi.

Ilg‘or tajribani inobatga olgan holda, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va kasbiy salohiyatini baholash jarayonlariga o‘quvchilar va ota-onalarni ham jalb etish, bunda kundalik.som ning texnik imkoniyatlaridan foydalanish taklif etiladi.

Bahodir Ahmedov

Attestatsiyaga oid ma‘lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
2.5K views03:26
Ochish/sharhlash
2022-10-01 06:22:30
“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bulan, aziz va qadrli ustozlarimiz uchun xalq tanigan insonlar video-tabrik tizeri
5.2K views03:22
Ochish/sharhlash
2022-10-01 06:04:27
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
4.4K views03:04
Ochish/sharhlash
2022-09-30 15:19:09Kuzgi attestatsiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan pedagoglar diqqatiga!

Navbatdagi attestatsiya uchun arizalar qabul qilish bugun tugaydi. Shu bilan attestatsiya imtixonlari boshlanadi. Qaysi sanalarda bo‘lishi hali aniq emas.

Oktyabr-noyabr oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;
Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish boshlangan sanaga qadar ko‘pi bilan to‘rt oy muddat ichida berilgan bo‘lishi lozim.

Shuningdek, bu jarayonda Taʼlim tashkilotlari rahbarlari:

navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tish muddati tugashidan olti oy oldin pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tish lozimligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bilan tanishtirishi hamda attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashni tashkil etishi lozim.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
5.4K views12:19
Ochish/sharhlash
2022-09-29 16:51:48
Attestatsiyadan o‘tuvchi pedagoglar so‘rovnomangizni yuklab oling va maʼlumotlaringizni tekshirib ko‘ring

So‘rovnomani shaxsiy kabinetdan So‘rovnoma (murojaat haqidagi ilova fayli) tugmachasini bosish orqali yuklab oling!

So‘rovnomadagi barcha maʼlumotlarni tekshirib ko‘ring. Maʼlumotlarni tekshirishda ayniqsa, ish joyingiz, attestatsiya turi, attestatsiyadan o‘tayotgan faningiz, imtiyozingizni (agar bo‘lsa), amaldagi toifangiz va murojaat holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarga alohida eʼtibor bering!

So‘rovnomangizda noaniqliklar aniqlanganda, zudlik bilan hududingizdagi ishchi guruhiga yaʼni Taʼlim inspeksiyasining hududiy bo‘limlariga murojaat qiling.

Esingizda bo‘lsin, So‘rovnoma shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan elektron yoki bosma ravishda taqdim etilganda, attestatsiya jarayoniga kirish uchun ruxsatnoma sifatida foydalaniladi.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
1.9K views13:51
Ochish/sharhlash
2022-09-29 09:04:43
Kuzgi attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborishga 1 kun qoldi! Siz attestatsiya uchun ariza yubordingizmi?
Anonymous Poll
81%
Ha men ariza yuborganman
10%
Yo‘q, men ariza yubormadim
4%
Endi yuboraman
5%
Menga aloqasi yo‘q
298 voters666 views06:04
Ochish/sharhlash
2022-09-28 12:19:39 Haqiqatdan ham xalq ta'limi tizimini rivojlantirish eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadimi?

Ko'p mamlakatlarning rahbarlari ta'lim ular uchun eng muhim vazifa ekanini ta'kidlashadi. Biroq bu haqiqatdan ham shundayligiga ishonch hosil qilish uchun ularga bir necha oddiy savollar berish mumkin. Masalan:

1.O'qituvchilik kasbining maqomi qanday?

2.Ta'lim darajasiga ega boshqa mutaxasislarning ish haqi bilan solishtirganda o'qituvchining ish haqi qanaqa?

3.Sizning farzandingiz o'qituvchi bo'lishini istarmidingiz?

4.OAV maktab va ta'lim haqidagi axborotlarni tez-tez e'lon qilib turadimi?

5.Nima muhimroq: mamlakatning sport ligalaridagi o'rnimi yoki uning akademik reytingimi?

Andeas SHlayayxer - PISA tadqiqoti asoschisi

------------------------------------------------------------

Xo'sh, O'zbekistonda ta'lim tizimini rivojlantirish eng muhim vazifa hisoblanadimi? Agar shunday bo'lsa yuqoridagi savollarga asosli javoblar mavjudmi? Unda ushbu savollarning ayrimlariga javob izlab ko'ramiz:

1.Hozirgi kunda pedagog xodimlarning maqomi belgilab berilmagan. "Pedagog xodimlarning maqomi to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqilgandan keyin negadir buni hech bir hukumat vakili esga ham olmadi. Qonun loyihasi negadir izsiz yo'qoldi.

2.Hozirgi kunda o'qituvchilar ayrim soha mutaxasislari bilan solishtirganda unchalik yuqori maosh olmaydi. To'g'ri 2018 yildan to hozirgacha o'qituvchilarning maoshi 2 bosqichda oshirildi. Lekin, hozirga kelib, “o'qituvchilarning oyligi oshirilgan” degan gaplar endi o'z qadrini yo'qotgan.

3.Hozirgi kunda o'qituvchilik kasbi ko'pchilik yoshlar orzu qiladigan kasb emas. Qachonki ularning maqomi va oylik maoshi yuqori darajada oshirilib, ularga bir qancha imtiyozlar belgilansa, shundagina yoshlar orasida ham o'qituvchilik kasbiga qiziqish ko'payadi.

4.OAV, ayniqsa aholining aksariyat qismi kuzatadigan televidenieda ta'lim tizimi va o'qituvchilar faoliyati haqida deyarli ko'rsatuvlar mavjud emas. O'qituvchi kasbini ulug'lovchi loyihalarni ham deyarli uchratmaymiz. Hozirgacha xalq ta'limiga oid xabarlarni asosan Xalq ta'limi vazirligidan olamiz. Televidenielarda ta'lim tizimini yoritish uchun alohida vaqt ajratilmagan.

P.S: Beshinchi savolga izohlarda javob yozib qoldirishingiz mumkin.
Manba: Xalq ta'limi Info

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang
2.8K viewsedited  09:19
Ochish/sharhlash