Get Mystery Box with random crypto!

HAZILGA O‘XSHASH XAQIQATLAR DIREKTOR - bir qo'lida qamchi va | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

HAZILGA O‘XSHASH XAQIQATLAR

DIREKTOR - bir qo'lida qamchi va bir qo'li bilan хodimlari boshini silab turguvchi jon kuyar rahbar.

ZAVUCH - dars o'tilmay qolsa, hech kimni ayamaydigan haqiqat noziri.

ZAM DIREKTOR - urmaydi, so'kmaydi, ammo vaziyatga ko'ra ish tutuvchi donolar donosi.

ХO‘JALIK MUDIRI - yalinmay ko'rchi, ja olasan naqd pulingni.

QOROVUL - ofarin, tinchlik posbonlari.

FARROSHLAR - siz borsizki, maktab sarishta.

KUTUBXOHACHI - devon bekasi.

PSIXOLOG - hali bir to'хtamga kelinmagan soha.

YETAKCHI - tekin ishchi.

O‘QITUVCHI - manaviyat va ma'rifat, ongu-tafakkurning Sulton va malikalari.

ISH REJA - har yili sanasi o‘zgartirilib qog‘ozga chiqariladigan matoh.

DARS TAHLILI - qo‘ldan-qo‘lga o'tib, oхir -oqibat yo'q bo'lib ketadigan daftar.

OCHIQ DARS - teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi.

DARS JADVALI - kelishuvga asosan tuziladigan bitim.

USTAMA - toshga sol, baxtingdan ko'r.

TEKSHIRUV - nogahon tushgan tarsaki.

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.

Barcha hamkasblaringizga yuborishni unutmang