Get Mystery Box with random crypto!

Sinf rahbari bu? Yil-o‘n ikki oy o‘quvchilar haqidagi maʼlumo | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Sinf rahbari bu?

Yil-o‘n ikki oy o‘quvchilar haqidagi maʼlumotlarni hali u shaklda, hali bu shaklda shakllantirib, bu ro‘yxatning qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmaydigan qog‘ozboz.

O‘zi bir kunda bir marta kiradigan sinf xonasining ozodaligiga  javob beruvchi farrosh.

O‘quvchilari janjallashsa,  adolatli qozi.

Ota-onalar istalgan ustozning ustidan shikoyat qilishi mumkin bo‘lgan, lekin qo‘lidan hech narsa kelmaydigan shaxs.

O‘zining vakolatidan ko‘proq narsani bo‘yniga oladigan mard.

O‘quvchilari 11-sinfni bitirib ketganidan keyin bir yil o‘tib ham ularni yo ishga, yo o‘qishga joylab, yo uzatib FHDYO qog‘ozining nusxasini topshirib qutuladigan buyuk matonat egasi.

O‘quvchilarini yozda ham suvga cho‘kmasligini, o‘tda yonmasligini, uyidan qochmasligini, kechasi sang‘imasligini, hech kim bilan janjallashmasligini  nazorat qiluvchi inspektor.

Ota-onasi jo‘natolmagan maktabga amallab olib keladigan, imtihonlarda uxlab qolmasligi uchun qo‘ng‘iroq qilib uyg‘otadigan, kech qolsa o‘rniga gap eshitadigan, ammo shu mehnatlari evaziga bitirib ketgach, bitta yo‘qlab qo‘yishga ham arzimaydigan o‘quvchilarini ortidan “bolam”, deb gapiradigan hokisor...

Aslida, bu zahmatlarning ortida bolajonlarning bir og‘iz “Ustoz!” deb chaqirgan lutfi oldida yuvilib ketadigan quvonch ham bor...

(c) Feruza Salxodjayeva

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring