Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47.54K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-05-01 12:27:34 Attestatsiyaning 2-bosqichi uchun yordam sifatida

Yod olish uchun qulay ko'rinishda

Word variant

Maktab guruhlarga va tanish ustozlarga yuborib qo'ying

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring.
13.9K views09:27
Ochish/sharhlash
2024-05-01 09:19:41
75 YOSHLI USTOZ ATTESTATSIYADAN 92 BALLNI QOʻLGA KIRITDI

- Yangi Oʻzbekiston maktablarida ikkinchi yoshligimni oʻtkazyapman",- deydi attestatsiya jarayonlarida yuqori natija qayd etgan Andijon viloyati, Xo'jaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o'qituvchisi, 75 yoshli Bahodir Boltaboyev.


Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
14.8K views06:19
Ochish/sharhlash
2024-04-30 19:13:21
O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbek tili va adabiyot
fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin. manba:Talim nazorati

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
12.8K views16:13
Ochish/sharhlash
2024-04-30 14:07:37 Sinf rahbari bu?

Yil-o‘n ikki oy o‘quvchilar haqidagi maʼlumotlarni hali u shaklda, hali bu shaklda shakllantirib, bu ro‘yxatning qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmaydigan qog‘ozboz.

O‘zi bir kunda bir marta kiradigan sinf xonasining ozodaligiga  javob beruvchi farrosh.

O‘quvchilari janjallashsa,  adolatli qozi.

Ota-onalar istalgan ustozning ustidan shikoyat qilishi mumkin bo‘lgan, lekin qo‘lidan hech narsa kelmaydigan shaxs.

O‘zining vakolatidan ko‘proq narsani bo‘yniga oladigan mard.

O‘quvchilari 11-sinfni bitirib ketganidan keyin bir yil o‘tib ham ularni yo ishga, yo o‘qishga joylab, yo uzatib FHDYO qog‘ozining nusxasini topshirib qutuladigan buyuk matonat egasi.

O‘quvchilarini yozda ham suvga cho‘kmasligini, o‘tda yonmasligini, uyidan qochmasligini, kechasi sang‘imasligini, hech kim bilan janjallashmasligini  nazorat qiluvchi inspektor.

Ota-onasi jo‘natolmagan maktabga amallab olib keladigan, imtihonlarda uxlab qolmasligi uchun qo‘ng‘iroq qilib uyg‘otadigan, kech qolsa o‘rniga gap eshitadigan, ammo shu mehnatlari evaziga bitirib ketgach, bitta yo‘qlab qo‘yishga ham arzimaydigan o‘quvchilarini ortidan “bolam”, deb gapiradigan hokisor...

Aslida, bu zahmatlarning ortida bolajonlarning bir og‘iz “Ustoz!” deb chaqirgan lutfi oldida yuvilib ketadigan quvonch ham bor...

(c) Feruza Salxodjayeva

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
19.0K views11:07
Ochish/sharhlash
2024-04-30 11:06:52 Namunaviy odob-axloq qoidalari

O‘quvchilaringiz va ota-onalarga ham yuborib qo‘ying.

O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
13.0K views08:06
Ochish/sharhlash
2024-04-29 19:59:02 9- va 11-sinf o'quvchilarining imtihonlari uchun belgilangan fanlar va imtihonlarning bo'lib o'tish TARTIBI va SANALARI belgilandi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-2024-o'quv yili bo'yicha yanuniy davlat attestasiya imtihonlarini o'tkazish bo'yicha ko'rsatma xati yuborildi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
16.0K views16:59
Ochish/sharhlash
2024-04-29 11:17:37 Attestatsiya test sinovlariga tayyorlanish uchun

Hozirning o‘zida qaysi toifaga mos kelishingizni 40 talik test yechish orqali aniqlab olish imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagi fanlardan o‘z faningiz ustiga bosasiz:

Boshlang‘ich ta'lim

Biologiya fani

Rus tili

Fizika fani

Tarix fani

Kimyo fani

Ona tili va adabiyot

Ingliz tili

Matematika fani


O‘z faningiz ustiga bosib 40 talik attestatsiya repetitsion testini ishlab ko‘rishingiz mumkin.

Toifani aniqlash - @Attestattestbot

Botga kirish uchun
bosing
@Attestattestbot

Barcha oʻqituvchilarga yuborib qoʻyishni unutmang!
12.7K views08:17
Ochish/sharhlash
2024-04-27 14:44:30 Pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi bilan tanishing

2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlangan.

Unga ko‘ra:

2024-yil 1 yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
16.0K views11:44
Ochish/sharhlash
2024-04-27 12:55:47
#eng_arzon_narxda

1-mayga qadar Asaxiy uzda Samsung Galaxy A15 6/128 Light Blue smartfoni - 1 899 000 So'm!

Xarid qilish: https://asaxiy.uz/product/smartfon-samsung-galaxy-a15-6128gb-siniy

Aksiya va chegirmalarni o'tkazib yubormang: @asaxiyuz
14.8K views09:55
Ochish/sharhlash
2024-04-27 09:18:47 2024-2025-oʻquv yilidan tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi

Bunda: pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi;

Kasbiy sertifikat olganidan soʻng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan koʻp yil davomida uzilishlar boʻlgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi lozim;

Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida oʻtkaziladi;

Nazorat sinovi natijasi boʻyicha 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
13.7K views06:18
Ochish/sharhlash