Get Mystery Box with random crypto!

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Telegram kanalining logotibi antikor_uzb — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi K
Telegram kanalining logotibi antikor_uzb — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Kanal manzili: @antikor_uzb
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.49K
Kanalning ta’rifi

Расмий саҳифа.
✔️Veb-sayt: http://anticorruption.uz
✔️Facebook: https://www.facebook.com/anticorruptionUzb/
✔️Instagram: https://www.instagram.com/anticorruption.uz
✔️Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCFLAcJYyHcpcPhHXnKddfKA

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-29 14:44:03
#Tafsilot_kun_mavzusi

Xorijga ishlash uchun ketmoqchisiz-u, biroq korrupsiya sabab toʻsiqlarga duch kelyapsizmi

Yoki ishsizlik nafaqasini olishda sizdan pora talab qilishyaptimi

"Tafsilot_kun mavzusi" koʻrsatuvining navbatdagi sonida bunday vaziyatlarda qanday yoʻl tutish mumkinligi xususida soʻz yuritiladi.

Koʻrsatuvda, shuningdek, mehnat munosabatlari sohasida kuzatilayotgan korrupsiya holatlari va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat boʻlimi masʼul xodimining fikr-mulohazalari bilan tanishasiz.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
3.1K views11:44
Ochish/sharhlash
2022-08-28 08:12:25 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti (22-27 avgust kunlari)

Seminar, davra suhbati, yigʻilish va boshqa tadbirlar:

22-avgust kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-122-son Farmoni ijrosi doirasida Bojxona institutida “Toshkent-tovar”, “Chuqursoy”, “Ark buloq”, “Sirgʻali” TIF hamda “Chuqursoy texnik idora” va “Keles” temir yoʻl chegara bojxona postlari xodimlari ishtirokida oʻquv-seminar mashgʻulotlari tashkil etildi.

24-avgust
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanalida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yoʻnalishlari, korrupsiyaviy harakatlar uchun javobgarlik masalalari” mavzusida ovozli chat oʻtkazildi.

23—25 avgust
Hududiy kengashlar aʼzolari ishtirokida sohalar, hududlar va davlat idoralari kesimida korrupsiya darajasini reyting baholash tizimi va davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash mavzularida onlayn seminarlar tashkil etildi.

25-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi shaxsiy tarkibi ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

25-avgust
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda sogʻliqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ishchi guruhning dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

25-26 avgust
Qashqadaryo, Andijon, Buxoro,Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarida kengash aʼzolari, soha va tarmoq rahbarlari tomonidan 2022-yil II yarim yillikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi loyihasi taqdimoti tashkil etildi.

26 avgust
Agentlik direktori fuqarolarni qabul qildi.

27 avgust
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashining ta’sis yigʻilishi
boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, mazkur haftada:

2022-yil iyul oyida davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari maxsus axborot portali orqali amalga oshirgan xaridlari oid tahlil natijalari eʼlon qilindi.

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 52 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 169 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
1.4K views05:12
Ochish/sharhlash
2022-08-26 18:21:54 Tibbiy uskunalarni qimmat narxlarda sotib olib, budjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan tibbiyot muassasalarining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy jazo choralari qoʻllanildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021-yil iyul oyida Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha 10 ta tibbiyot muassasasi tomonidan 75 dona jami 7,8 mlrd soʻmlik tibbiy uskunalar Qarshi shahridagi “D.М.” MCHJdan shartnoma asosida juda qimmat narxlarda budjet mablagʻlari hisobiga sotib olinganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan toʻplangan materiallar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan.

Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan tibbiy uskunalarni asl narxidan 3 mlrd. 150,6 mln. soʻmga qimmat narxlarda sotib olinganligi holati boʻyicha 2021-yil 16-dekabr kuni “D.М.” MCHJ rahbari va Qashqadaryodagi 10 ta tibbiyot muassasasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

(Qashqadaryo viloyati 1-son asab ruhiy kasalliklar dispanseri, viloyat Perinatal markazi, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo viloyat filiali, Nishon tuman Tibbiyot birlashmasi, Qashqadaryo viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya dispanseri, Qashqadaryo viloyat Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar urush va mehnat faxriylari uchun sanotoriyasi, Qashqadaryo viloyati 2-son asab ruhiy kasalliklar dispanseri, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat mintaqaviy filiali, Teri tanosil kasalliklari dispanseri)

Misol uchun, viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi “Ультразвуковая диагностическая система E-CUBE 8 с 4 датчиками” tibbiy uskunasini 500,0 mln.soʻmga (aslida 251,1 mln.soʻmlik) yoki 200 foizga (249,9 mln soʻm) ustama qoʻyilgan holda sotib olgan.

Shuningdek, viloyat Teri tanosil kasalliklari dispanseri tomonidan haqiqiy bahosi 386,6 mln.soʻmlik tibbiy uskunalarni 944,1 mln.soʻmga xarid qilganligi, ya’ni 557,5 mln.soʻmga yoki 244,2 foizga qimmat narxlarda sotib olinib, budjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi sudning hukmi bilan oʻz tasdigʻini topdi.

Umuman, yuqorida qayd etilgan 10 ta tibbiyot birlashmasida 7,8 mlrd. soʻmlik harid qilingan tibbiy uskunalar bozor bahosiga nisbatan 3 mlrd. 150,6 mln. soʻmga qimmat narxlarda xarid qilinib, budjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi tergov jarayonida aniqlanib, aybdor shaxslardan 3 mlrd. 150,6 mln. soʻm budjetga undirildi.

Mazkur jinoyat ishi doirasida 10 ta tibbiyot muassasasining 11 nafar mansabdor shaxslari hamda “D.М.” MCHJ rahbari Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi tumani sudining 2022-yil 4-avgustdagi hukmiga asosan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan jinoiy jazo choralari belgilandi.

Shuningdek, ular 1 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
2.0K viewsedited  15:21
Ochish/sharhlash
2022-08-24 14:54:36
Ochiqlik indeksi — davlat organlari va tashkilotlari) ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan tizim.

Ochiqlik indeksi «0» balldan «100» ballgacha baholanib, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati samaradorligi:

«yashil»
«sariq»
«qizil» toifalarga ajratiladi.

Baholash har yili oldingi yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar boʻlgan davrini oʻz ichiga qamrab oladi.

Manba

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
3.4K views11:54
Ochish/sharhlash
2022-08-22 14:28:30
Prezident huzurida Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Jamoatchilik kengashi tuziladi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
2.8K views11:28
Ochish/sharhlash
2022-08-22 14:10:49
Prezidentimiz kichik biznes vakillari tomonidan soliq tekshiruvlari bilan bogʻliq jarimalarning turi koʻpligi va ogʻirligi masalasi boʻyicha juda koʻplab murojaatlar kelib tushganini taʼkidladi.

Savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻliq bekor qilinadi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
2.6K views11:10
Ochish/sharhlash
2022-08-22 13:50:42
Mulk huquqiga oid qarorlarni hokimlar tomonidan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan koʻrib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi.

“...Yoʻl qoʻygan xatosi uchun tadbirkorga 6 oy davomida jazo qoʻllanilmaydi”.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
2.3K views10:50
Ochish/sharhlash
2022-08-20 14:16:07 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti (15-19 avgust kunlari)

Seminar-trening, ochiq tanlov, davra suhbati va boshqa tadbirlar:

15-avgust

“Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” DUK xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

17-18-avgust

“Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyoti” mavzusida seminar-trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

18-avgust

Toshkent moliya instituti xuzuridagi Moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash tarmoqlararo institutida bank xodimlarini korrupsiyaga qarshi bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi.

18-avgust

“Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi” doirasida boʻlib oʻtgan “Davlat boshqaruv organlari faoliyati va ularning iqtisodiyotga aralashuvi, korrupsiya hamda byurokratik toʻsiqlar” masalalari yuzasidan panel sessiyasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov ishtirok etdi.

19-avgust

“Navoiyuran” DUK Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati rahbari lavozimiga ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Tafsilot_kun mavzusi"
koʻrsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi.

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 47 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 239 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
2.4K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-08-20 13:41:13
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatida kutilayotgan yangilik va oʻzgarishlar mohiyatiga bagʻishlangan seminar-trening

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram|anticorruption.uz
2.1K views10:41
Ochish/sharhlash
2022-08-19 17:16:17
#Korrupsiyasiz_tadbirkorlik

"Tadbirkorlarning hech bir murojaati eʼtiborsiz qoldirilmaydi"

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram|anticorruption.uz
2.5K views14:16
Ochish/sharhlash