Get Mystery Box with random crypto!

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti (22-27 avgust kunlari)

Seminar, davra suhbati, yigʻilish va boshqa tadbirlar:

22-avgust kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-122-son Farmoni ijrosi doirasida Bojxona institutida “Toshkent-tovar”, “Chuqursoy”, “Ark buloq”, “Sirgʻali” TIF hamda “Chuqursoy texnik idora” va “Keles” temir yoʻl chegara bojxona postlari xodimlari ishtirokida oʻquv-seminar mashgʻulotlari tashkil etildi.

24-avgust
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanalida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yoʻnalishlari, korrupsiyaviy harakatlar uchun javobgarlik masalalari” mavzusida ovozli chat oʻtkazildi.

23—25 avgust
Hududiy kengashlar aʼzolari ishtirokida sohalar, hududlar va davlat idoralari kesimida korrupsiya darajasini reyting baholash tizimi va davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash mavzularida onlayn seminarlar tashkil etildi.

25-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi shaxsiy tarkibi ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

25-avgust
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda sogʻliqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ishchi guruhning dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

25-26 avgust
Qashqadaryo, Andijon, Buxoro,Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarida kengash aʼzolari, soha va tarmoq rahbarlari tomonidan 2022-yil II yarim yillikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi loyihasi taqdimoti tashkil etildi.

26 avgust
Agentlik direktori fuqarolarni qabul qildi.

27 avgust
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashining ta’sis yigʻilishi
boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, mazkur haftada:

2022-yil iyul oyida davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari maxsus axborot portali orqali amalga oshirgan xaridlari oid tahlil natijalari eʼlon qilindi.

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 52 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 169 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz