Get Mystery Box with random crypto!

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Telegram kanalining logotibi antikor_uzb — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi K
Telegram kanalining logotibi antikor_uzb — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Kanal manzili: @antikor_uzb
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.49K
Kanalning ta’rifi

Расмий саҳифа.
✔️Veb-sayt: http://anticorruption.uz
✔️Facebook: https://www.facebook.com/anticorruptionUzb/
✔️Instagram: https://www.instagram.com/anticorruption.uz
✔️Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCFLAcJYyHcpcPhHXnKddfKA

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-15 11:01:17
Korrupsiyaviy jinoyatlar nafaqat davlat byudjetiga zarar yetkazilishi, balki insonlarning hayoti va salomatligiga ham jiddiy xavf solinishi bilan yanada xavotirli va og‘riqlidir.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
5.8K viewsedited  08:01
Ochish/sharhlash
2022-09-14 12:43:33
#Tafsilot_kun_mavzusi

O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi faoliyatidan:

Mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda tadbirkorlar muvofiqlik sertifikatlarini olishda duch kelishi mumkin bo'lgan korrupsion holatlar va ularning oldini olishda ko'rilayotgan choralar;

Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishda tatbiq etilayotgan xorijiy tajriba va mexanizmlar.

Shu kabi ma'lumotlar bilan"Tafsilot_kun_mavzusi" koʻrsatuvining navbatdagi soni orqali soha mutaxassisining mavzuga oid mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
2.8K views09:43
Ochish/sharhlash
2022-09-14 08:30:15
“Korrupsiyaning oldini olishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki” mavzusidagi loyihalar taqdimoti tashkil etildi

Unda, xususan:

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan “Korrupsiya va korrupsiyaviy holatlarning jamiyat hayotiga tarqalganlik darajasini jamoatchilik ongida idrok etilishini baholash” jamoatchilik fikri soʻrovi natijalari;

Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan amalga oshirilgan “Fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida xabardorligini oshirish: ommaviy axborot vositalarining oʻrni” loyihasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Batafsil

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
3.1K views05:30
Ochish/sharhlash
2022-09-08 08:59:41
Korrupsiyaga qarshi kurashishda Oʻzbekiston tomonidan koʻrilayotgan choralar BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (UNCAC) Konferensiyasining sessiyalararo yigʻilishida taqdim etildi

2022-yil 5-8-sentyabr kunlari Vena shahrida BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (UNCAC) Konferensiyasining sessiyalararo yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishning asosiy maqsadi BMT Bosh Assambleyasi maxsus sessiyasida maʼqullangan “Muammolarni samarali hal etish hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha umumiy majburiyatimiz” siyosiy deklaratsiyasining amalga oshirilish holatini muhokama qilishga qaratildi.

Batafsil

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
1.3K views05:59
Ochish/sharhlash
2022-09-06 21:52:11
Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun tashkil etilgan tanlov natijalari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh Prokuratura va BMTTD tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari oʻrtasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida “Fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoniga jalb qilish” qoʻshma tanlovining natijalari ma’lum boʻldi.

17-iyundan 10-iyulgacha Grant olish uchun 18 ta NNTdan arizalar kelib tushdi.

Baholash komissiyasi qaroriga koʻra, 9 ta NNT takliflari yuqori ball oldi.

Batafsil

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
1.7K views18:52
Ochish/sharhlash
2022-09-06 15:30:52 Davlat xaridlariga oid tartib-taomillar buzilganligi yuzasidan Namangan viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi

Internet nashrida Namangan viloyatidagi noqonuniy qurilayotgan davlat buyurtmalari yuzasidan eʼlon qilingan holat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oʻrganildi.

Aniqlanishicha, Namangan viloyat hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida 2021-yil 26-mart kuni tender.mc.uz platformasi orqali viloyat teleradiokompaniyasi uchun yangi bino va yordamchi xonalar qurish boʻyicha tender oʻtkazilgan.

Xarid komissiyasi yigʻilishining 2021-yil 26-apreldagi bayonnomasi bilan ushbu tenderda “Uychi Mega Stroy” MCHJ gʻolib deb topilgan.

Pudratchi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari va shartnomada koʻrsatilgan ishlar toʻliq bajarilib, Namangan shahar hokimining 2021-yil 30-dekabrdagi qaroriga asosan obyekt foydalanishga topshirilgan.

Viloyat hokimligi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotga koʻra, joriy yilning avgust oyida viloyat teleradiokompaniyasi hududida qurilish-taʼmirlash ishlari emas, balki maxsus texnika jalb qilingan holda oyna tozalash va obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, mazkur obyektda 2-navbat qurilish taʼmirlash ishlarini boshlash uchun 2022-yil 16-avgustda “Namangan viloyat teleradiokompaniyasining mavjud bino va inshootlarini mukammal taʼmirlash obyekti boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash yuzasidan davlat xaridlari elektron tizimi operatori orqali eʼlon berilgan boʻlib, viloyat hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi xarid komissiyasining 2022-yil 24-avgust kungi bayonnomasiga koʻra “Ziyoli loyiha” xususiy korxonasi ushbu tanlash gʻolibi deb topilgan.

Bundan tashqari, oʻrganish mobaynida buyurtmachi tomonidan 2 qavatli radiouzel binosining tom qismini mukammal taʼmirlash ishlari loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan va shartnomada koʻrsatilmagan bo`lsada “Uychi Mega Stroy” MCHJga topshirilganligi hamda bu bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari buzilganligi aniqlanib, Namangan viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi.

Xabarda keltirilgan maʼlumotlarni oʻrganish hamda yuqorida keltirilgan holatlarga huquqiy baho berish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
2.2K views12:30
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:42:10 Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Uslubiyot quyidagi boblarni oʻz ichiga olgan:

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashnii tashkil etish;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash tartibi;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasini bartaraf etish choralari ;

korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi.

Unga koʻra:

Davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1-martgacha baholanadi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maxsus boʻlinma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi past, oʻrta, yuqori oʻlchovlarda baholanadi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari asosida davlat tashkilotining umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqiladi va “E-anticor.uz” elektron platformasiga har yili 1-fevralga qadar kiritiladi.

Platformada joylashtirilgan davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari asosida avtomatik ravishda korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri shakllantiriladi.

Davlat tashkiloti rahbari har yili 1-martgacha korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dasturini “E-anticor.uz” ” elektron platformasi orqali tasdiqlaydi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
1.3K views17:42
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:33:23
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi mamlakatimiz va xalqimiz taqdiri uchun yangi davr, erkin va ozod hayotni boshlab bergan qutlugʻ sana — davlatimiz mustaqilligining 31 yillik shodiyonasi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi!

Yangi Oʻzbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans asosini yaratishda bunyodkor xalqimizga yanada kuch-gʻayrat va shijoat, jonajon Oʻzbekistonimizga zamonaviy taraqqiyot talablariga mos ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
1.6K views11:33
Ochish/sharhlash
2022-08-31 09:39:15
Agentlikda mustaqilligimizning 31 yilligi keng nishonlandi

Joriy yilning 30-avgust kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida xizmat vazifalarini samarali va vijdonan bajarganligi, tashabbuskorligi, shuningdek, jamoat ishlarida faol ishtirok etganligi uchun Agentlikning bir guruh xodimlari faxriy yorliq hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Batafsil

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
1.8K views06:39
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:58:31
#Diqqat_tanlov

FARGʻONA viloyatidagi tashkilot va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vakant lavozimlari uchun e'lon qilingan ochiq mustaqil tanlovlar tanishing!

Qurilish sohasida xududiy nazorat inspeksiyasi:

Komplayens nazorat xizmati bosh mutaxassisi

Bandlik bosh boshqarmasi:

Boshqarmaning komplayens nazorat boʻlimi mutaxassisi

Eslatib oʻtamiz, korrupsiyaga qarshi ichki (komplayens) nazorat tuzilmasi:

korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish;

korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish;

manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik;

korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini koʻrish uchun masʼul hisoblanadi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
1.3K views05:58
Ochish/sharhlash