Get Mystery Box with random crypto!

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Uslubiyot quyidagi boblarni oʻz ichiga olgan:

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashnii tashkil etish;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash tartibi;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasini bartaraf etish choralari ;

korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi.

Unga koʻra:

Davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1-martgacha baholanadi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maxsus boʻlinma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi past, oʻrta, yuqori oʻlchovlarda baholanadi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari asosida davlat tashkilotining umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqiladi va “E-anticor.uz” elektron platformasiga har yili 1-fevralga qadar kiritiladi.

Platformada joylashtirilgan davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari asosida avtomatik ravishda korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri shakllantiriladi.

Davlat tashkiloti rahbari har yili 1-martgacha korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dasturini “E-anticor.uz” ” elektron platformasi orqali tasdiqlaydi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz