Get Mystery Box with random crypto!

Yurak Amri

Telegram kanalining logotibi amri_yurak — Yurak Amri Y
Telegram kanalining logotibi amri_yurak — Yurak Amri
Kanal manzili: @amri_yurak
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 491

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-11-08 13:31:16
Allohga bo'lgan ishonch, hayot ne'mati, qalb xotirjamligi, ko'zlar quvonchi..!
Eshiting ibratlaning..!
148 views10:31
Ochish/sharhlash
2022-11-08 04:47:35
Allohning kalomi ila qalblar orom olsin!

َإِذَا قُرِئَ ٱلۡقُرۡءَانُ فَٱسۡتَمِعُوا۟ لَهُۥ وَأَنصِتُوا۟ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ
Qur’on tilovat qilganda uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad rahmatga erishsangiz.
(Sura Al-A'raf 204)
199 views01:47
Ochish/sharhlash
2022-11-07 13:27:17
Shuni ta'kidlash kerakki, ayol kishi taom, ichimlik, libos va shu kabi boshqa moddiy narsalarga ehtiyojmand bo‘lgani singari, shirin so‘zga, chiroyli tabassumga, go‘zal muomalaga va mehrga muhtojdir. U qalbini zavqlantiradigan, g‘amni ketkazib, hayotni saodatli qiladigan yoqimli hazil-mutoyibaga ham ba'zi moddiy ta'minotlardan ko‘ra ko‘proq ehtiyoj sezadi.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ayollariga go‘zal munosabat va samimiy muomalada bo‘lganlar. Demak, har bir er ayoli bilan bo‘ladigan munosabatlarda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni o‘ziga namuna qilib olmog‘i zarurdir.
135 views10:27
Ochish/sharhlash
2022-11-07 05:38:05
Insonning eng afzali — seni unutmaydigan kishidir, chunki u seni Alloh uchun yaxshi ko‘radi.
Hadyalarning eng afzali — sen uchun duoga ko‘tarilgan qo‘llar bo‘lib, sen bundan bexabar bo‘lganingdir...
168 views02:38
Ochish/sharhlash
2022-11-06 20:32:45
#sᴀʜᴏʙᴀʟᴀʀ_ʜᴀʏᴏᴛɪ

Ajr Islom kanalida yangi rukun: “SAHOBALARNING DONO SO’ZLARI”:
Ularning hayoti Alloh tomonidan chizilgan dars. Bizga dars..!
37 views17:32
Ochish/sharhlash
2022-11-06 20:32:30
Allohning kalomi ila qalblar orom olsin!

َإِذَا قُرِئَ ٱلۡقُرۡءَانُ فَٱسۡتَمِعُوا۟ لَهُۥ وَأَنصِتُوا۟ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ
Qur’on tilovat qilganda uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad rahmatga erishsangiz.
(Sura Al-A'raf 204)
42 views17:32
Ochish/sharhlash
2022-11-06 13:09:20
Masjid Allohning yerdagi bayti – uyidir. Alloh Ta'olo aytadi:
فِي بُيُوتٍ أَذِنَ اللهُ أَن تُرْفَعَ وَيُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ يُسَبِّحُ لَهُ فِيهَا بِالْغُدُوِّ وَالْآصَالِ
“Alloh baland ko‘tarib (bino) qilinishiga va ularda O‘zining ismi zikr qilinishiga izn bergan uylarda (masjidlarda) Unga ertayu kech tasbeh ayturlar”. (“Nur” surasi, 36-oyat).
Shuning uchun Uning baytini toza tutish Allohni ulug‘lashga kiradi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam doimo musulmonlarni masjidlarning ozodaligiga, ularning xushbo‘y bo‘lib turishiga e'tibor qaratishga undardilar:
عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، قَالَتْ: أَمَرَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِبِنَاءِ الْمَسَاجِدِ فِي الدُّورِ وَأَنْ تُنَظَّفَ وَتُطَيَّبَ
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadis: “Rosululloh sollallohu alayhi va sallam mahallalarda masjidlar qurish va ularni tozalab, xushbo‘y qilib turishga buyurdirlar”.
137 views10:09
Ochish/sharhlash
2022-11-06 13:09:10
Ey mo'minlar, Allohdan qo'rqinglar! Har kim ertasi uchun oldindan nima hozirlab qo'yganini qarasin! Allohdan qo'rqinglar, chunki Alloh chindanham qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
123 views10:09
Ochish/sharhlash
2022-11-06 07:05:45
#kun_haqiqati

Inson qanday bo‘lishi haqida qachongacha gapirish mumkin... Balki inson bo‘lish vaqti ham kelgandir...
165 views04:05
Ochish/sharhlash
2022-11-05 14:00:36
Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga g‘am-tashvish yetsa, ushbu kalimalar bilan duo qilsin, deganlarida, bir kishi: «Ey Rasululloh mana shu kalimalardan bebahra qolgan kishi xasoratdami» dedi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob berdilar. So‘ngra, «Bu kalimalarni o‘zinglar aytib, boshqalarga ham o‘rgatinglar. Kim bir narsa talabida ana shu kalimalarni aytsa, Alloh undan xafalikni ketkazib, xursandchiligini ziyoda qiladi», deb o‘sha kalimalarni aytdilar: Men Sening qulingman, qulingning o‘g‘liman, cho‘ringning zurriyotiman. Peshonam Sening qo‘lingda. Hukming mening ustimda joriydir. Sening hukming odildir. O‘zingni nomlagan yoki kitobingda nozil qilgan yoki xalqingdan biror kishiga o‘rgatgan yoki g‘ayb ilmingda saqlab qo‘ygan ismlaring ila so‘raymanki, Qur’onni dilimning nuri, qalbimning bahori, mahzunligimni arituvchi va g‘amimni ketkizuvchi qil.
209 views11:00
Ochish/sharhlash