Get Mystery Box with random crypto!

Yurak Amri

Telegram kanalining logotibi amri_yurak — Yurak Amri Y
Telegram kanalining logotibi amri_yurak — Yurak Amri
Kanal manzili: @amri_yurak
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 491

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-11-30 21:53:16
Namozda basmala (bismillah…) o’qiladimi?
Anonymous Quiz
11%
Yo’q o’qilmaydi
18%
Ha jaxriy o’qiladi
55%
Ha maxfiy o’qiladi
16%
Endi bilib olaman
4.0K voters222 views18:53
Ochish/sharhlash
2022-11-30 21:52:32
HAQIQIY DO‘STLIK

Oxirat saodatiga yetishga ko‘mak bergan dunyo qiymatlidir. Do‘stlik ham shunday. Eng yaxshi do‘stlik qiyomat kuni foyda beradigan do‘stlikdir.
Do‘st bo‘lganlar do‘stlik haqqiga rioya etishlari lozim. Agar do‘stlik haqqiga beparvo bo‘lsalar, do‘stliklari haqiqiy bo‘lmaydi. Do‘sting senga nisbatan vazifasini bajarmasa ham, sen uning oldidagi vazifangni bajar!
Do‘st tanlash haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: «Mo‘mindan boshqa bilan do‘stlashma. Taomingni taqvodorlar yesin!»
(Ahmad, 2/168; Termiziy, «Birr», 28; Dorimiy, «Siyar», 3).

«Kishi do‘stining dinidadir. Do‘stingiz kim ekaniga diqqat qiling!»

Doʻstlaringizga ham ulashing!
216 views18:52
Ochish/sharhlash
2022-11-30 05:45:20
#kun_haqiqati

Agar atrofingizga boqqaningizda faqat yahshilik va ezguliklarni ko‘rayotgan bo‘lsangiz, demak ichki olamingiz juda ham go‘zal... Chunki, hayot shunchaki bir oyna va u bizdagi bor narsalarni akslantiradi, halos...
264 views02:45
Ochish/sharhlash
2022-11-29 21:54:35
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning har bir aytgan so‘zlari buyuk haqiqat bo‘lib, Alloh taoloning O‘zi “U havodan nutq qilmas” deya u zotni vasf etgan.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar, istig‘forni ko‘proq aytinglar. Albatta, men sizning do‘zax ahlining ko‘pi ekaningizni ko‘rdim», dedilar. Ulardan bir gapga usta ayol: 
«Ey Allohning Rasuli, bizga ne bo‘ldiki, do‘zax ahlining ko‘pi ekanmiz?» dedi.
«La’natni ko‘paytirasiz, erga kufr keltirasiz. Sizga o‘xshagan aqli va dini noqislarning aql egasi ustidan g‘olib bo‘lishini ko‘rmadim», dedilar. 
262 views18:54
Ochish/sharhlash
2022-11-25 22:01:41
Sabr va namoz ila yordam so‘rang. Va, albatta, u nafsi siniqlardan boshqalarga juda katta ishdir.
Baqara surasi 45-oyat

(Biz yordam so‘rang deb tarjima qilgan ibora arab tilida "ista'iynu" deb kelgan. Bu so‘zning ma'nosi bir ishga urinib turib, yana qo‘shimcha yordam so‘rashni anglatadi. Demak, musulmon kishi har bir ishga astoydil urinadi va shu urinish bilan birga, Allohdan yordam so‘raydi. Sabr ham, ko‘pchilik xayol qilganiday salbiy ma'noda, ya'ni, nima bo‘lsa ham sabr qilyapman, deb jim-harakatsiz turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengishdagi sabrdir. Eng bosh sabr havoyu nafsni, rohat-farog‘atni, mansabni tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidamdir.)
474 views19:01
Ochish/sharhlash
2022-11-22 06:52:07
“Tanakkus” hech qachon to‘xtatib bo‘lmaydigan jarayondir.
Arab tilida «tanakkus» deb atalgan so‘z o‘zbek tilida «keksayish», «zaiflashish», «kuchdan qolish», «qarib, xotiradagi ilmlar ketib, yosh boladek bo‘lib qolish» kabi ma’nolarni bildiradi.!
232 views03:52
Ochish/sharhlash
2022-11-21 21:00:02
#sᴀʜᴏʙᴀʟᴀʀ_ʜᴀʏᴏᴛɪ

Ajr Islom kanalida yangi rukun: “SAHOBALARNING DONO SO’ZLARI”:
Ularning hayoti Alloh tomonidan chizilgan dars. Bizga dars..!
238 views18:00
Ochish/sharhlash
2022-11-21 20:59:54
NAMOZ VAQTLARI:
22.11.2022yil. Seshanba

Rabi'us soni — 27. 1444-yil


“𝐀𝐡𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳 (𝐨ʻ𝐪𝐢𝐬𝐡) 𝐠𝐚 𝐛𝐮𝐲𝐮𝐫𝐢𝐧𝐠 𝐯𝐚 (𝐨ʻ𝐳𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐡𝐚𝐦) 𝐮𝐧𝐠𝐚 (𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳𝐠𝐚) 𝐛𝐚𝐫𝐝𝐨𝐬𝐡𝐥𝐢 𝐛𝐨ʻ𝐥𝐢𝐧𝐠!”
ᴛᴏʜᴀ sᴜʀᴀsɪ 132-ᴏʏᴀᴛ
211 views17:59
Ochish/sharhlash
2022-11-21 13:02:23
Har bir odamga muhim bo‘lgan yana bir narsa bu hayotli paytida undan unumli foydalanib qolishlikdir. Chunki hech kim qancha umr ko‘rishini bilmaydi. Ba'zi odamlar “men qariganimda yoki nafaqaga chiqqanimda falon-falon ishlarni qilaman”, deb o‘zlarini yupatishadi. Lekin uni qaysi yoshga yetib borishini va ajali qachon ekanligini Allohdan o‘zga zot bilmaydi.
Shunday ekan, vaqtimiz, sog‘lig‘imiz, molu dunyoimiz borligida ulardan unumli foydalanib Allohning roziligini va muhabbatini qozonib olishga harakat qilishimiz lozim.

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

@imaninvest Islom moliyasi asosida faoliyat yuritadigan O’zbekistondagi 1-investitsion kompaniya.
274 views10:02
Ochish/sharhlash
2022-11-17 05:32:00
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"ركعتان من صلاة الصبح خير من الدنيا وما فيها!"
“Ikki rakat bomdod namozi butun dunyo va undagi narsalardan afzaldir!”
197 views02:32
Ochish/sharhlash