Get Mystery Box with random crypto!

Yurak Amri

Telegram kanalining logotibi amri_yurak — Yurak Amri Y
Telegram kanalining logotibi amri_yurak — Yurak Amri
Kanal manzili: @amri_yurak
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 491

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-10-06 09:06:49
Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Meni yuqoriga olib chiqishgach, bir qavm yonidan o‘tdim. Ularning tirnoqlari misdan bo‘lib, o‘z yuzlari va ko‘kraklarini timdalar edilar. «Ey Jabroil, ular kim?» deb so‘ragan edim, «Ular odamlarning go‘shtlarini yeydigan va nomuslariga tajovuz qiladigan kimsalardir», deya javob berdi» (Abu Dovud rivoyati).

Tavfiq Allohdan. Ey Allohim, bizga lutf-marhamating ila muomala qil. Ey rahmlilarning rahmlisi, O‘zing bizni afv ayla.
227 views06:06
Ochish/sharhlash
2022-10-06 09:06:34
«Yolg‘iz qolsang, yolg‘iz emasligingni bil! Dardmand bo‘lsang , darmoning borligini bil!
Hech bir narsaning sohibiman dema, omonatchi ekaningni bil!»
178 views06:06
Ochish/sharhlash
2022-10-06 00:08:49
Holislikni, Sodiqlikni davo qilgan har kishining avvali sinovi Robbisiga sodiqlikda ko’ring, Shafoatgo’yimiz Rasululloh Sallolohu Alayhi Vassalamga Ummatligiga Sodiqlikdan ko’ring! yurtiga, ahliga, birodarlikga, do’stlikdagi sobit ahdidan ko’ring
219 views21:08
Ochish/sharhlash
2022-10-05 14:48:22
Hasan Basriy rohimahulloh: “Mo‘min do‘stlarni ko‘paytiringlar, qiyomatda ular shafoat qiladilar” dedilar. Sizni jannatga yetaklagan do‘st chin vafodordir!

Alloh bizlarni Jannatda jam bo‘ladigan do‘stlardan qilsin.
258 views11:48
Ochish/sharhlash
2022-10-04 13:14:26
Abu Abbos Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat: Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning orqalaridan ulovlariga mingashib ketardim. “Ey bola!” - dedilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam. “Men senga bir necha kalimalarni o‘rgataman: Allohning haqlarini saqlagin - U Zot seni saqlaydi. Allohning haqlarini saqla - Uni qarshingda topasan. Agar so‘rasang, Allohdan so‘ra. Agar ko‘mak tilasang, Allohdan tila. Bilginki, butun ummat senga bir manfaat yetkazmoq uchun jamlansalar ham, faqat Alloh taolo sen uchun yozib qo‘ygan manfaatni yetkaza oladilar. Agar ular senga bir zarar bermoq qasdida to‘plansalar ham, faqat Alloh senga yozib qo‘ygan zararnigina bera oladilar. Qalamlar ko‘tarilgan, sahifalar qurib bo‘lgan”.
(Termiziy rivoyatlari)⁣⁣
321 views10:14
Ochish/sharhlash
2022-10-04 13:14:15
IBN SINO-SAVDO MARKAZI Orzular ushalgan Maskan! https://t.me/stroymartuz

1-MILLIARD SO’M Yutib Oling, Do’kon harid Qiling Ulgurib Qoling. 85% Do’konlar sotib bo’lindi

Poytahtning Qaynoq nuqtalaridan bo’lishi kutilayotgan IBN SINO- Savdo Markazi bu TIJORAT uchun ENG to’g’ri Tanlov

1-MILLIARD So’m Yutuq Egasi Bo’lish Imkoni Bor Sizda Bugun Keling Bugundan Do’kon harid qilganlar uchun Yangi 1-MILLIARD so’mlik O’yin

Shunday qilib, Endi siz kuniga atigi 400 000 so'm to'lab ham Do’kon harid qilsangiz bo’ladi

Tezroq Keling.
Telefon (93) 840 88 88

Manzil: Ibn Sino, Beltepa 2.

https://t.me/stroymartuz
240 views10:14
Ochish/sharhlash
2022-10-03 20:03:23
Bugungi Kun uchun eng dolzarb Oyatlardan Bilib qo’ying azizlar, “Vayl” jahannamdagi azobi eng shiddatli bo’lgan vodiy, Astag’firulloh, Alloh Saqlasin.

Birovning aybini ochib, videolarini, rasmlarini tarqatib yurganlar Allohdan qo’rqing, tez tavba Qiling
148 views17:03
Ochish/sharhlash
2022-10-01 22:27:05
Balki Otangiz sizga istagan narsangizni hammasini bajo qila olmas, lekin u sizga o’zi ega bo’lgan hamma narsani berishga tayyor
232 views19:27
Ochish/sharhlash
2022-10-01 22:26:57
️ Har bir sajda gunohlarga kafforatdir

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ko‘p sajda qilinglar, chunki Alloh taologa qilgan har bir sajdangizni ulug‘laydi va mag‘firat qiladi” (Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom at-Termiziy rivoyati). Nasoiy va Imom Ibn Moja).
224 views19:26
Ochish/sharhlash
2022-10-01 09:30:05
Ma'lumki, muqaddas dinimizda ustoz va murabbiylarga ehtirom beqiyosdir. Muallimlik, murabbiylik va ustozlik martabasi ‒ buyuk sharafdir. Zero, bashariyatning eng afzal vakillari bo‘lmish payg‘ambarlar ham muallim va murabbiy qilib yuborilganlar. Darhaqiqat, bu soha vakillari jamiyatimizga suv va havodek zarurdir. Bu muhtaram zotlarni bamisoli o‘z nurini atrofga sochayotgan quyoshga o‘xshatsak bo‘ladi. Quyoshning nuridan barcha mavjudot foydalanganidek, ularning ma'rifat ziyolaridan butun bashariyat manfaatlanadi.
238 views06:30
Ochish/sharhlash