Get Mystery Box with random crypto!

Shuni ta'kidlash kerakki, ayol kishi taom, ichimlik, libos va | Yurak Amri

Shuni ta'kidlash kerakki, ayol kishi taom, ichimlik, libos va shu kabi boshqa moddiy narsalarga ehtiyojmand bo‘lgani singari, shirin so‘zga, chiroyli tabassumga, go‘zal muomalaga va mehrga muhtojdir. U qalbini zavqlantiradigan, g‘amni ketkazib, hayotni saodatli qiladigan yoqimli hazil-mutoyibaga ham ba'zi moddiy ta'minotlardan ko‘ra ko‘proq ehtiyoj sezadi.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ayollariga go‘zal munosabat va samimiy muomalada bo‘lganlar. Demak, har bir er ayoli bilan bo‘ladigan munosabatlarda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni o‘ziga namuna qilib olmog‘i zarurdir.