Get Mystery Box with random crypto!

Sabr va namoz ila yordam so‘rang. Va, albatta, u nafsi siniqla | Yurak Amri

Sabr va namoz ila yordam so‘rang. Va, albatta, u nafsi siniqlardan boshqalarga juda katta ishdir.
Baqara surasi 45-oyat

(Biz yordam so‘rang deb tarjima qilgan ibora arab tilida "ista'iynu" deb kelgan. Bu so‘zning ma'nosi bir ishga urinib turib, yana qo‘shimcha yordam so‘rashni anglatadi. Demak, musulmon kishi har bir ishga astoydil urinadi va shu urinish bilan birga, Allohdan yordam so‘raydi. Sabr ham, ko‘pchilik xayol qilganiday salbiy ma'noda, ya'ni, nima bo‘lsa ham sabr qilyapman, deb jim-harakatsiz turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengishdagi sabrdir. Eng bosh sabr havoyu nafsni, rohat-farog‘atni, mansabni tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidamdir.)