Get Mystery Box with random crypto!

AlQuranuz-Shayx Alijon qori

Telegram kanalining logotibi alquranuz — AlQuranuz-Shayx Alijon qori A
Kanaldagi mavzular:
Juma
Telegram kanalining logotibi alquranuz — AlQuranuz-Shayx Alijon qori
Kanaldagi mavzular:
Juma
Kanal manzili: @alquranuz
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 129.54K
Kanalning ta’rifi

Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.
Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-04-08 15:49:02
RAMAZON SAVOBLARI

Alloh taolo shunday marhamat qilgan:
“Albatta, sabr qiluvchilarga ajrlari hisobsiz, to‘liq qilib berilur” (“Zumar” surasi, 10-oyat).
Bu Alloh taolo tarafidan beriladigan eng katta savobning va’dasi.
Lekin Ramazonda bu savob ham bir necha barobarga ko‘pa ytirib beriladi:
Nafl ibodatlarga farz ibodatlarning savobi beriladi;
Farz ibodatlarning savobi esa yetmish marta ko‘paytiriladi.
Odob bilan e’tikof o‘tirganga Alloh taolo ikkita haj va ikkita umra savobini beradi.
Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
18.6K views12:49
Ochish/sharhlash
2024-04-08 13:36:35
RAMAZON HAYITI TO‘GʻRISIDA

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10- aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
26.5K views10:36
Ochish/sharhlash
2024-04-08 13:11:53
РАМАЗОН ҲАЙИТИ ТЎҒРИСИДА

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар Кенгашининг навбатдаги онлайн мажлиси бўлиб ўтди. Унда Рамазон ҳайитини кўтаринки руҳда ўтказишга оид кун тартибидаги бир қатор масалалар муҳокама қилинди.

Йиғилишда уламолар ва соҳа мутахассислари томонидан Рамазон ҳайити қайси кунга тўғри келиши ва ҳижрий 1445 йил Шаввол ойи ҳилолини кузатиш бўйича қилинаётган ишлар ҳамда фалакий ҳисоб-китоблар атрофлича таҳлил қилинди.

Шунингдек, дунёдаги йирик фатво идоралари ва нуфузли астрономия институтлари ахборотлари батафсил кўриб чиқилди. Туркий давлатлар диний идоралари масъуллари билан ҳам ушбу масала кенг муҳокама қилинди.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар Кенгаши фиқҳий қоидалар, фалакий ҳисоб-китоблар ва астрономик кузатишларга таянган ҳолда жорий йилда диёримизда Рамазон ҳайити 2024 йил 10 апрель, чоршанба кунига тўғри келиши кутилаётганини маълум қилди.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
#Ramazon #hayit
MUSLIM.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING

YouTube | Instagram | Facebook
18.0K views10:11
Ochish/sharhlash
2024-04-08 02:32:06 #TILOVAT

Qur'oni karim 29-juz | Ilyos qori Ibin o'g'li



28.5K views23:32
Ochish/sharhlash
2024-04-08 02:16:29
HAYIT – BIRDAMLIK BAYRAMI

Hayit bayrami bir jihatdan ibodatlarning go‘zal va mukammal tartib-intizom bilan ado etilishini anglatsa, boshqa tarafdan musulmonlarning birdamligi va hamjihatligini hammaga ko‘rsatib qo‘yadi.
Ulug‘ muhaddis Shoh Valiyulloh Dehlaviy rahimahulloh bu haqida shunday yozadi: “Har bir millat o‘zining shon-shavkati va ko‘pligini ko‘rsatish uchun, odatda, bir joyga yig‘iladi. Hayit namozlari ham shu maqsadda joriy qilingan bo‘lib, ulardan musulmonlarning shon-shavkati va ko‘pchilik ekanini ko‘rsatish maqsad qilingan”.

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
38.1K views23:16
Ochish/sharhlash
2024-04-07 15:58:31 #TILOVAT

Qur'oni karim 28-juz | Ilyos qori Ibin o'g'li (Takroriy)



30.7K views12:58
Ochish/sharhlash
2024-04-07 14:53:55
BIZNING VA OLDINGI UMMATLAR RO‘ZASI

“Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki taqvodor bo‘lsangiz” (“Baqara” surasi, 183-oyat).
Avvalgi ummatlar ro‘zasi bilan bizning ro‘zamiz o‘xshashdir. Bu o‘xshashlik borasida ikki xil qarash bor:
1. Bu o‘xshashlik miqdor va vaqt bilan emas, balki farz bo‘lish bilan bog‘liq. Oldingi ummatlarga ham ro‘za farz bo‘lgan, lekin kuni va adadi turlicha bo‘lgan. Masalan:
• Odam alayhissalom “Oq kunlar” (har oyning 13-14 va 15-kunlari) ro‘za tutgan.
• Muso alayhissalom qavmi esa, Ashuro ro‘zasini tutgan.
Xuddi shu kabi har bir ummatning o‘z ro‘zasi bo‘lgan.
2. Oldingi ummatlar bilan bizning ro‘zamiz farzlikda ham, miqdorda ham, vaqtda ham bir xil bo‘lgan. Lekin ular o‘zlaricha qo‘shimcha kiritib olganlar:
• Ro‘za kunlarini ko‘paytirib olganlar;
• Issiq kunlardagi ro‘zani havo moʻtadil bo‘lgan kunlarga ko‘chirib olganlar.
Abu Hafs an-Nasafiy rahimahulloh

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
31.9K views11:53
Ochish/sharhlash
2024-04-07 02:34:03 #TILOVAT

Qur'oni karim 28-juz | Ilyos qori Ibin o'g'li



32.9K views23:34
Ochish/sharhlash
2024-04-07 02:16:24
HAYIT – ALLOH JORIY QILGAN BAYRAM

Anas roziyallohu anhu bu haqida shunday rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Makkadan) Madinaga keldilar. Madinaliklarning ikki kunlari (bayramlari) bor bo‘lib, u kunlarda o‘yin-kulgu qilshar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bular qanday kunlar?”, deb so‘radilar. Madinaliklar: “Bu kunlarda johiliyat davrida o‘yin-kulgu qilar edik”, deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Batahqiq, Alloh sizlar uchun bu ikkisining o‘rniga ulardan-da yaxshirog‘i, yaʼni “Azho kuni” (Qurbon hayiti) va “Fitr kuni” (Ramazon hayiti)ni berdi”, dedilar” (Abu Dovud rahimahulloh rivoyati).

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
42.0K views23:16
Ochish/sharhlash
2024-04-06 16:33:53
NIMA UCHUN IFTOR VAQTIDA DUO QABUL BO‘LADI?

Alloh taolo shunday marhamat qilgan:
“Menga duo qiling! Sizga ijobat qilurman” (“Gʻofir” surasi, 60-oyat).
Aslida bunday imkoniyat faqat Payg‘ambarlarga berilgan edi. Biz ummatga esa Payg‘ambarlarga berilgan imkoniyat ato qilingan. Lekin shahvatlar bu ummatning qalbi qalbini egallab, turli nojo‘ya ishlarga undagani bois qalblari to‘silib qolgan.
Ro‘za nafsni mana shu shahvatlardan man qiladi. Agar banda Alloh uchun shaxvatini tark qilsa, qalbi musaffo bo‘ladi, duosi ham shahvat zulmatidan forig‘ bo‘lgan va nurlarga to‘lgan qalbdan chiqadi.
Natijada duosi ijobat bo‘ladi!
Agar duo ijobati bu dunyoda qabul bo‘lishi taqdirda bitilgan bo‘lsa, shu tezda ijobat bo‘ladi.
Agar taqdir qilinmagan bo‘lsa, oxiratga zaxira qilib qo‘yiladi.
Shu bois Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ro‘zador uchun iftor vaqtida rad qilinmas duo bor” (Ibn Moja rahimahulloh rivoyati).
Hakim Termiziy rahimahulloh (Navodir, 60-asl)

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
13.0K viewsedited  13:33
Ochish/sharhlash