Get Mystery Box with random crypto!

NIMA UCHUN IFTOR VAQTIDA DUO QABUL BO‘LADI? Alloh taolo shund | AlQuranuz-Shayx Alijon qori

NIMA UCHUN IFTOR VAQTIDA DUO QABUL BO‘LADI?

Alloh taolo shunday marhamat qilgan:
“Menga duo qiling! Sizga ijobat qilurman” (“Gʻofir” surasi, 60-oyat).
Aslida bunday imkoniyat faqat Payg‘ambarlarga berilgan edi. Biz ummatga esa Payg‘ambarlarga berilgan imkoniyat ato qilingan. Lekin shahvatlar bu ummatning qalbi qalbini egallab, turli nojo‘ya ishlarga undagani bois qalblari to‘silib qolgan.
Ro‘za nafsni mana shu shahvatlardan man qiladi. Agar banda Alloh uchun shaxvatini tark qilsa, qalbi musaffo bo‘ladi, duosi ham shahvat zulmatidan forig‘ bo‘lgan va nurlarga to‘lgan qalbdan chiqadi.
Natijada duosi ijobat bo‘ladi!
Agar duo ijobati bu dunyoda qabul bo‘lishi taqdirda bitilgan bo‘lsa, shu tezda ijobat bo‘ladi.
Agar taqdir qilinmagan bo‘lsa, oxiratga zaxira qilib qo‘yiladi.
Shu bois Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ro‘zador uchun iftor vaqtida rad qilinmas duo bor” (Ibn Moja rahimahulloh rivoyati).
Hakim Termiziy rahimahulloh (Navodir, 60-asl)

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram